Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

2-oktabr kuni Missuri shtatidagi Faurot Field stadionida talabalar jamoalari o‘rtasida futbol musobaqasi o‘tkazilgan bo‘lib, unga Boston Dynamics’ning Spot robot-iti tashrif buyurdi. Musiqiy tanaffus vaqtida Spot yana bir bor o‘zining raqsga tushish qobiliyatini ommaga namoyish etgan, bu safar unga Rebels qo‘llab-quvvatlov jamoasi ko‘maklashdi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

Foto: Twitter / Mizzou Engineering

Foto: Twitter / Mizzou Engineering
Robot-itni turli vazifalarga moslab dasturlash mumkin: u nafaqat raqsga tusha oladi, balki hududni qo‘riqlashi, kamera orqali obyektlarni topishi, insonlarning tana haroratini o‘lchasi, eshiklarni ochishi va boshqa ko‘plab vazifalarni uddalashi mumkin.

Bu Boston Dynamics robotlarining birinchi bor raqsga tushishi emas. Robot-itlardan biri Yangi yil bayrami tabrigida ishtirok etib, kompaniyaning boshqa ixtirolari bilan birga raqsga tushgandi.

Ma’lumot uchun, robototexnikaga ixtisoslashgan Boston Dynamics kompaniyasiga Mark Raybert va Massachusets texnologiyalar institutining bir guruh muhandislari tomonidan 1992-yilda asos solingan. 2013-yil oxirida kompaniyani Google sotib olgan, 2017-yilda esa Yaponiyaning yirik investori — SoftBank. 2020-yilda Boston Dynamics sakkizta robotlar modelini taqdim etdi, xususan, antromorf Atlas robotini ham.

Avvalroq Boston Dynamics’ning robot-iti 74,5 ming dollardan sotuvga chiqqani, u Singapur bog‘ida odamlar orasidagi oraliq masofani tekshirishni boshlagani to‘g‘risida xabarlar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Navro‘z bayrami bilan tabrikladi
Mahalliy
Qamchiq dovonida neft mahsuloti ortilgan maxsus yuk mashinasi ag‘darilib ketdi
Mahalliy
O‘zbekistonda 22-mart kuni qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi