Daryo

Hyundai kompaniyasi robotlar ishlab chiqaruvchi Boston Dynamics’ni salkam bir milliard dollarga sotib olmoqchi

Vaziyatdan xabardor manbalarning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya 921 million dollarga baholanmoqda

1 daqiqa o‘qish16 116 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Boston Dynamics

OAVda robotlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi Boston Dynamics kompaniyasi sotilishi mumkinligi to‘g‘risida xabarlar tarqaldi: Bloomberg, The Robot Report va The Korea Economic Daily ma’lumotlariga ko‘ra, xaridor — Hyundai Motor Co. Vaziyatdan xabardor manbalarning so‘zlariga ko‘ra, mazkur bitim 921 million dollarni tashkil etmoqda, deb xabar beradi Motor.

Foto: Boston Dynamics

Robototexnikaga ixtisoslashgan Boston Dynamics kompaniyasiga Mark Raybert va Massachusets texnologiyalar institutining bir guruh muhandislari tomonidan 1992-yilda asos solingan. 2013-yil oxirida kompaniyani Google sotib olgan, 2017-yilda esa Yaponiyaning yirik investori — SoftBank. 2020-yilda Boston Dynamics sakkizta robotlar modelini taqdim etdi, xususan, antromorf Atlas robotini ham.

Boston kompaniyasi butun dunyoda mashhurlikka erishgan, uning har bir roligi millionlab marotaba tomosha qilinadi. So‘nggi vaqtlar ichida Boston Dynamics 400 ta robotini sotgan bo‘lib, bu kompaniya 30 million dollardan ortiq daromad keltirgan.

Shu bilan birga, Hyundai’ning sanoat robotlari va boshqa zamonaviy texnikalarni yaratish bilan shug‘ullanuvchi o‘z bo‘linmasi ham bor. Masalan, 2019-yilda kompaniya Elevate konseptini taqdim etgandi — u qadam tashlab yurishga va devorlarga tirmashib chiqishga qodir.

Foto: Hyundai Elevate
Avvalroq Boston Dynamics’ning robot-iti 74,5 ming dollardan sotuvga chiqqani, u Singapur bog‘ida odamlar orasidagi oraliq masofani tekshirishni boshlagani to‘g‘risida xabarlar berilgandi. Mavzuga doir: 
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar