Daryo

Internetda raqsga tushayotgan Boston Dynamics robotlari keng muhokamalarga sabab bo‘ldi (video)

Robotlar “Do You Love Me?” qo‘shig‘iga ayrim odamlardan ko‘ra yaxshiroq raqsga tushgan

1 daqiqa o‘qish35 493 ko‘rishlar0 izoh0
Kadr: YouTube

Internetda Boston Dynamics’ning eski xit qo‘shiqqa raqsga tushayotgan to‘rtta roboti keng muhokamalarga sabab bo‘ldi, deb yozadi “Hi-Tech.Mail.ru”.

Kadr: YouTube

Boston Dynamics robotlarini ko‘pchilik turli yoqimsiz videolar orqali eslaydi — ularni tayoqlar bilan urishadi, tepishadi va biror ish qilishiga xalaqit berishadi. Albatta, bu orqali mutaxassislar barqarorlashtiruvchi tizim va boshqa algoritmlarni sinovdan o‘tkazadi.

Kompaniyaning navbatdagi videosida robotlar ustidan hech kim kulmagan — ular shunchaki “Do You Love Me?” qo‘shig‘iga raqsga tushmoqda. Rolikda bitta emas, birdaniga to‘rtta robot raqsga tushayotganini va harakatlarning aksar qismi sinxron ekanligini ko‘rish mumkin. Ular ayrim odamlarga qaraganda yaxshiroq raqsga tushgan.

Boston Dynamics kompaniyasi shu orqali barchani kirib kelayotgan Yangi yil bilan tabriklashga qaror qilgan.

Avvalroq Hyundai robotlar ishlab chiqaruvchi Boston Dynamics’ning asosiy egasiga aylangani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Tokio stadionidagi beysbol musobaqasi vaqtida robotlarning texno raqsi tashkil etildi (video)

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar