Daryo

O‘zbekistonga avgust oyida 69 ta elektromobil olib kelingan

Mazkur elektromobillar xaridi uchun 1,5 million dollar sarflangan

1 daqiqa o‘qish30 109 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Davlat statistika qo‘mitasi

2021-yilning avgust oyida O‘zbekistonga xorijdan 69 ta elektromobil import qilingan, deb xabar beradi Davlat statistika qo‘mitasi.

Foto: Davlat statistika qo‘mitasi

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston avgust oyidagi elektromobillar xaridi uchun 1,5 million dollar sarflangan.

Eslatib o‘tamiz, 2021-yilning yanvar–iyul oylarida O‘zbekistonga xorijdan 432 ta elektromobil import qilingan edi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 364 taga ko‘p.

Avvalroq O‘zbekistondagi bir nechta kompaniyalar 2021—2023-yillarda avtomobillar, pikaplar, yuk mashinalari, mikroavtobuslar va boshqa avtomobillarni ishlab chiqarish va yig‘ishni yo‘lga qo‘ymoqchi ekanligi haqida xabar berilgan edi. Prezident yiliga 50-60 ming dona hamyonbop avtomobillar va elektromobillar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yib, avtomobil sanoati uchun sarmoya kiritish zarurligini ta’kidlagan edi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda har 100 ta uy xo‘jaligiga qancha avtomobil to‘g‘ri kelishi ma’lum qilindi

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar