Daryo

Video: “Butun umri” davomida garajda saqlangan 36 yillik “Volga”

Ideal holatda saqlangan avtomobil sovet mashinasini nabiralariga qoldirishni rejalashtirgan inson garajida saqlangan

2 daqiqa o‘qish54 048 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Drive2.ru”

Roma Urraco niki ostida tanilgan avtomobil blogeri o‘zining YouTube’dagi kanaliga so‘nggi yillarda garajdan topilgan eng yaxshi mashina deya e’tirof etilgan “vaqt kapsulasi”ga oid videoni joylashtirdi. Erkak 1985-yilda ishlab chiqarilganidan beri 29 kilometr yo‘l bosgan yangi “GAZ-24M”ni topishga muvaffaq bo‘lgan. Ideal holatda saqlangan avtomobil “butun umr” sovet mashinasini nabiralariga qoldirishni rejalashtirgan inson garajida saqlangan, deb xabar beradi Motor.

Foto: “Drive2.ru”

Mazkur “Volga” 1985-yildan 1986-yilga qadar ishlab chiqarilgan. Klassik “yigirma to‘rt”dan farqli o‘laroq, noyob modelning old bamperidagi “so‘yloq tishlari”, orqa ustunlaridagi aylana fonarlari yo‘q, shuningdek, old qanotlaridagi “Volga” yozuvi ham olib tashlangan.

Avtomobil qora plastik radiator panjarasi, “to‘g‘ri” gaz chiqarish tizimi, keng pastprofilli shinalar o‘rnatilgan, orqa suvdan himoya qilgichlari kattargan. Maxsus versiyada bosh qo‘ygichli yangi alohida o‘rindiqlar, orqa oynalarni elektr isitish tizimi paydo bo‘lgan, shuningdek, “GAZ-24-10”ning quvvati 100 ot kuchiga yetkazilgan takomillashtirilgan dvigateli o‘rnatilgan.

Ushbu “Volga”ni uning egasi 1985-yilda “GAZ-24”ning eksport varianti bilan birga xarid qilgan. Erkak ikkinchi mashinadan muntazam foydalangan, noyob modifikatsiyali “Volga”ni esa garajida saqlagan. U maxsus versiyani farzandlari va nabiralari uchun saqlashni rejalashtirgan.

Foto: “Drive2.ru”
Foto: “Drive2.ru”
Avvalroq ukrainalik bloger XX asrning o‘rtalariga tegishli va hozirga qadar ideal holatda saqlangan ikkita noyob “Volga” videosi bilan bo‘lishgandi. Mavzuga doir:
Foto: “Drive2.ru”
Foto: “Drive2.ru”
Foto: “Drive2.ru”
Foto: “Drive2.ru”
Foto: “Drive2.ru”
Foto: “Drive2.ru”
Foto: “Drive2.ru”
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar