Daryo

Germaniyada 38 yillik “Volga” 8,5 ming yevro qiymatda sotuvga qo‘yildi (foto)

E’lon qilingan suratlarga ko‘ra, “GAZ-24” ajoyib holatda saqlangan

1 daqiqa o‘qish43 268 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Autoscout24

Germaniyadagi Autoscout24 onlayn maydonchasi orqali 1983-yilda ishlab chiqarilgan “GAZ-24” sotuvga qo‘yildi. Ideal holatda saqlangan sovet avtomobili 8,5 ming yevroga baholanmoqda, deb xabar beradi Motor.

Foto: Autoscout24

Sovet “Volga”si Germaniyaning Shkopau komunnasida joylashgan. E’lon qilingan suratlarga ko‘ra, “GAZ-24” ajoyib holatda saqlangan. Avtomobilning ko‘k kuzovi va xromlangan bamperlarida zanglash alomatlari mavjud emas. Sotuvchining aytishicha, sedan texnik jihatdan ham ideal holatda. “Volga”ga 95 ot kuchini taqdim etishga qodir 2,5 litrli benzin dvigatel o‘rnatilgan bo‘lib, u mexanik transmissiya yordamida boshqariladi.

Foto: Autoscout24
Foto: Autoscout24

Shuningdek, avtomobil interyeri ham yaxshi holatda. Salon qizil mato va charm bilan qoplangan. “Volga” jamlanmasidan sobiq sovet davriga oid radiomagnitola, yukxona bo‘lmasida zaxira g‘ildiragi va mashinadan foydalanish bo‘yicha original qo‘llanma o‘rin olgan. Mazkur lotning yagona kamchiligi 38 yillik “GAZ-24” zamonaviy Yevropaning chiqindi gazlarni havoga chiqarish normalariga javob bermasligida.

Foto: Autoscout24
Foto: Autoscout24
Foto: Autoscout24

Hozirga qadar 123 456 kilometr yo‘l bosgan “Volga” uchun sotuvchi 8,5 ming yevro so‘ramoqda.

Avvalroq Moskvada 42 yillik “Volga” yangi Lada Granta narxida sotilgani, Rossiyada 57 yillik “Volga” yangi BMW narxida sotuvga qo‘yilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar