Daryo

Xiaomi avtomobil bo‘linmasini yaratdi. Hozirda u yerda 300 kishi ishlamoqda

Bo‘linmaning ustav fondi 1,55 milliard dollarni tashkil etadi, keyingi o‘n yil davomida yana 10 milliard dollar sarmoya kiritish rejalashtirilgan

1 daqiqa o‘qish29 066 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Depositphotos

Xiaomi texnologik giganti avtomobil sohasiga kirishga tobora yaqinroq qolmoqda. Smartfonlar va boshqa elektronika vositalarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi kompaniya Xiaomi EV Inc. bo‘linmasini yaratgan bo‘lib, “aqlli” mashinalarni yaratish va ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. CNBC ma’lumotlariga ko‘ra, avtomobil yaratish ustida 300 dan ortiq xodim ish olib bormoqda, deb xabar beradi Motor.

Foto: Depositphotos

Xiaomi’ning avtomobil ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘linmasini ustav fondi 1,55 milliard dollarni tashkil etadi, keyingi o‘n yil davomida xitoyliklar unga yana 10 milliard dollar sarmoya kiritishni rejalashtirgan. Yangi bo‘linmagan kompaniya direktori Ley Szyunning o‘zi rahbarlik qiladi.

Xiaomi’ning ma’lum qilishicha, so‘nggi besh oy ichida elektrokar qanday bo‘lishi borasida “katta miqdorda foydalanuvchilar tadqiqotlari” va sheriklar bilan muzokaralar o‘tkazilgan. Avvalroq bu SAE International shkalasi bo‘yicha to‘rtinchi darajadagi avtonom avtomobil bo‘lishi aytilgandi. U mashina inson aralashuvisiz belgilangan marshrut bo‘yicha harakatlanishini ta’minlaydi.

Raqiblarga kelinadigan bo‘lsa, insayderlarning prognoziga ko‘ra, Xiaomi avtomobil sanoatidan hozircha uzoq bo‘lgan Apple’ni ortda qoldirishi mumkin. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, Apple kompaniyasi 2024—2025-yillarda o‘zining birinchi haydovchisiz elektromobilini taqdim etadi. Mavzuga doir: 
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar