Zargarlik buyumlarini sotib olishdan oldin ularni nimalar bilan birlashtirish mumkinligi haqida bilib olish zarur. Tilla buyumlar haqida gap ketganida barchaning xayoliga eskirib qolgan narsalar keladi. Masalan, buvilardan meros bo‘lib qolgan an’anaviy taqinchoqlar yoki ko‘p rangli toshlar bilan bezatilgan zargarlik buyumlari. Ammo buning xavotir oladigan joyi yo‘q. Agar ushbu metalldan qanday qilib to‘g‘ri modellarni tanlash va birlashtirish o‘rganilsa, yorqin va  zamonaviy ko‘rinishlarni yaratish mumkin.  Asosiysi, xatolardan saqlanish kerak!

Foto: Cosmopolitan

Klassik tillalar bilan cheklanish

Foto: Cosmopolitan

Tilla taqinchoqlar bilan tanish bo‘lmaganlar diqqatiga! Tilla eskirmaydigan yoki qoraymaydigan qattiq metall. Klassikaning yana bir zamonaviy o‘zgarishi hozirda pushti rangdir.  Ushbu rang bugungi kunda mashhur bo‘lib, nafaqat zargarlik buyumlarida, balki kiyim-kechak va boshqa buyumlarda ham yetakchilik qilmoqda. Albatta, taqinchoqlarning geometrik bezaklarni batafsil ko‘rib chiqish zarur. Masalan, diskli ziraklar to‘plami va uchta sharli uzuk kundalik hayotga yorqin ranglar qo‘shadi.

Tillani faqat tilla bilan taqish

Foto: Cosmopolitan

Zamonaviy tendensiyalar turli xil metallardan yasalgan zargarlik buyumlarini birlashtirishga imkon beradi. Yaratilgan obrazda bir vaqtning o‘zida oltin, platina, kumush bo‘lishi mumkin, shuning uchun cheklovlarni unutish lozim. Xonimlar o‘zi yoqtirgan aksessuarlarni ham oltin, ham kumushdan sotib olishi va ularni bir-biri bilan birlashtirishi mumkin, Ushbu kombinatsiya har doim yangi va uyg‘un ko‘rinadi.

Uzuk taqishda maxsus qoidaga rioya etish

Foto: Cosmopolitan

Odatda ikkala qo‘lda bir vaqtning o‘zida eng ko‘p uchta uzuk bo'lishi kerak degan qoidaga ko‘pchilik hali ham amal qiladi. Ushbu qoida esa hozirda eskirgan. Moda olamida sevimli modellarni bir-biri bilan xavfsiz tarzda birlashtirish mumkin. Turli xil shakl, rang va o‘lchamlarning kombinatsiyasi qabul qilingan. Shuni yodda tutish kerakki, zargarlik buyumlari bir-birini uyg‘un ravishda to‘ldirishi va bir uslubda bo‘lishi kerak.

Tillani faqat qimmatbaho toshlar bilan taqish

Foto: Cosmopolitan

Bugungi kunda bezaklarni ekologiya foydasiga tanlov qilish moda. Tilla va olmosdan yasalgan eskirgan modellar o‘rniga ushbu metallning ekzotik nomlari bo‘lgan yarim qimmatbaho va tabiiy toshlar bilan birikmasiga e’tibor berish tavsiya etiladi. Ular individuallikni ta’kidlabgina qolmay, balki kuch va energiya ham beradi.

Tilla taqinchoqlarni oddiylari bilan birlashtirish

Foto: Cosmopolitan

Oddiy taqinchoqlar qanchalik sifatli bo‘lmasin ular bilan birlashtirilgan zargarlik buyumlari bachkana va xunuk ko‘rinadi.

Tilla taqinchoq va tashqi obrazga e’tiborsizlik

Foto: Cosmopolitan

Masalan, ofisda katta tilla taqinchoqlarni taqishni xohlaydiganlar ortiqcha bezaksiz kiyimni tanlagani ma’qul. Turli uzunlikdagi ko‘p qavatli ingichka zanjir, bilaguzuk, marjonlar va hattoki tabiiy toshli uzuklar kundalik hayotda ham chiroyli ko‘rinadi.

Tilla buyumlar to‘plamini taqish

Foto: Cosmopolitan

Har qanday zargarlik taqinchoqlarining to‘plamidan voz kechish zarur. Bunday to‘plam ko‘rinishni soddalashtiradi va yoshni qariroq ko‘rsatadi. Eng muhimi, bunday to‘plam ijodkorlik uchun imkoniyatlarni cheklaydi. Har kim o‘zining shaxsiy obrazini yaratishdan va turli xil tasvirlar bilan ishlashdan qo‘rqmasligi kerak.