Hamisha klassika hisoblangan koftalarni noto‘g‘ri tanlash hatto eng zamonaviy obrazga ham putur yetkazishi mumkin.
Jinsi kofta

Jinsi matosidan tikilgan koftalar allaqachon o‘tmishda qolib, ularning o‘rniga 90-yillar uslubidagi oversize pijaklar urfga kirdi. Bunday ustki kiyimni oq futbolka bilan kiyish, uni krossovkalar bilan moslash mumkin.
Yeng qismi kalta koftalar

Yeng qismi kalta, kamiga bel qismiga urg‘u berib bichilgan koftalardan voz kechishning allaqachon vaqti keldi. Buning o‘rniga keng yoki erkin turadigan kalta variantlarga diqqat qarating.
Burmali koftalar

Ayni vaqtda old qismi burmali emas, yoqalari keng bo‘lgan kofta modellari trendda. Burma va pirpiraklar yoqa yoki yeng qismida bo‘lsa mayliku-ya, ammo ko‘krak qismida bo‘lishi didsizlikdan dalolat beradi.
Yopishib turadigan kofta

Tor va yopishib turadigan koftalarni nafaqat o‘zini, balki pijak bilan ham kiyish tavsiya qilinmaydi. Buning o‘rniga oq va keng kofta modellarini tanlash maslahat beriladi.
Katak-katak printli koftalar

- Foto: Moda olamidagi noodatiy va noqulaylikda bir-biridan qolishmaydigan poyabzallar
- Quyoshdan himoyalovchi ko‘zoynaklarni qanday tanlash kerakligi yulduzlar misolida
- Kiyinishi aslidan ko‘ra katta ko‘rsatadigan mashhur ayollar (foto)
- Tilla taqinchoq taqishda ayollar tomonidan yo‘l qo‘yiladigan xatolar (foto)








