Daryo

O‘zbekiston va dunyoning boshqa davlatlari aholisi o‘rtacha ish haqiga qancha benzin sotib olishi mumkin?

O‘zbekistonda o‘rtacha oylikka 317 litr benzin sotib olish mumkin, 2020-yilda 330 litr sotib olish mumkin edi

2 daqiqa o‘qish82 708 ko‘rishlar0 izoh0

Picodi.com tahlil bo‘limi dunyoning turli mamlakatlarida o‘rtacha ish haqiga qancha litr benzin sotib olish mumkinligini aniqladi, deb yozmoqda Spot.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Benzin qimmatlamoqda

2021-yilning birinchi yarmida iqtisodiyotning bosqichma-bosqich tiklanishi va benzin narxlarining 2020-yilning shu davriga nisbatan o‘sishi qayd etildi. Narxlarning keskin ko‘tarilishi Armaniston (+22,8 foiz), Gruziya (+17,4 foiz), va Ukrainada (+13,7 foiz) kuzatildi
  • O‘zbekistonda yoqilg‘i narxi 7,7 foizga, Qirg‘izistonda — 12,6 foizga, Qozog‘istonda — 6,7 foizga, Rossiyada 5,5 foizga oshdi;
  • Uning narxi faqat Turkmanistonda pastladi;
  • Yevropa va MDH davlatlari orasida eng arzon yoqilg‘i Qozog‘istonda — litri 0,43 dollardan.
Ko‘rib chiqilayotgan 104 ta davlatdan benzinning eng arzoni Aljirda (1 litri 0,34 dollar), eng qimmati esa Gonkongda (1 litri 2,44 dollar).

O‘rtacha ish haqiga qancha benzin sotib olish mumkin?

Bu borada 2021-yilda Germaniya 1786 litr benzin bilan yetakchi bo‘ldi. Ikkinchi o‘rinni Shvetsiya (1771 litr), uchinchi o‘rinni esa Finlyandiya (1589 litr) egalladi.

Rossiyada o‘rtacha qatlamdagi aholi ish haqiga 938 litr benzin sotib olishi mumkin (8-o‘rin). Ozarbayjonda o‘rtacha oylikka 561 litr benzin sotib olish mumkin. Gruziyada bundan 200 litr kam benzin sotib olsa bo‘ladi — 359 litr (21-o‘rin).

O‘zbekistonda esa o‘rtacha maoshga 317 litr benzin sotib olish mumkin, 2020-yilda 330 litr olish mumkin edi.

Benzinning o‘rtacha ish haqiga nisbati bo‘yicha reytingning eng yuqori o‘rinlarini Fors ko‘rfazi mamlakatlari egalladi:
  • Qatar — 6 532 litr;
  • Saudiya Arabistoni — 5 170 litr;
  • Kuvayt — 5 158 litr.
AQSh aholisi o‘rtacha ish haqiga 4 723 litr, Avstraliya — 4 128 litr, Kanada — 2 616 litr, Xitoy aholisi esa 955 litr benzin sotib olishi mumkin. Reytingda oxirgi o‘rinni Kuba egalladi. U yerda o‘rtacha ish haqiga atigi 26 litr (2020-yilga nisbatan 2 litrga kam) benzin sotib olish mumkin. Tojikiston (188 litr) va Zambiyada (214 litr) bu ko‘rsatkich birmuncha yaxshiroq.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda benzin narxi yil boshidan buyon 17 foizga qimmatlashdi — Statistika qo‘mitasi

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar