Daryo

O‘zbekistonda 2020-yilda eng ko‘p Cobalt avtomobili ishlab chiqarildi

O‘tgan bir yil ichida salkam 80 ming dona ushbu modeldagi mashina ishlab chiqarilgan

1 daqiqa o‘qish40 244 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo”

Davlat statistika qo‘mitasi 2020-yilning  yanvar—dekabr oylarida ishlab chiqarilgan avtomobillar haqida ma’lumot berdi.

Foto: “Daryo”
2020-yil yanvar—dekabr oylari davomida avtomobil sanoatida eng ko‘p ishlab chiqarilgan yengil mashinalar:
  • Cobalt — 79 908 dona;
  • Nexia T-250 — 66 402 dona;
  • Damas — 51 692 dona;
  • Lacetti—Gentra — 50 052 dona;
  • Spark — 23 003 dona.
Avvalroq UzAuto Motors yangi standartlar joriy etilishi tufayli Asakadagi zavodni vaqtincha to‘xtatgani, Turkiya kompaniyasi Namanganda avtomobil zavodi qurishi to‘g‘risida xabar berilgandi. Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev 29-dekabr kuni Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida avtomobil ishlab chiqaruvchilar sonining ortishini ma’lum qilgandi. Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, bu avtomobil sanoatida sog‘lom raqobatni rivojlantirish va korxonalarga teng sharoitlarni yaratish hisobiga amalga oshiriladi.

Mavzuga doir: Investorlar avtomobil ishlab chiqarish bo‘yicha 8 ta loyihani taklif etmoqda — Shavkat Mirziyoyev

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar