Daryo

HAMAS harakati “Tolibon”ni Afg‘onistondagi g‘alaba bilan tabrikladi

HAMAS vakilining ta’kidlashicha, Afg‘oniston yerlarini Amerika bosqinidan xalos qilish barcha “zolimlar” ustidan g‘alaba qozonishga imkon beradi

1 daqiqa o‘qish59 116 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Anadolu Agency

Falastinning HAMAS harakati siyosiy byurosi rahbari Ismoil Honiya “Tolibon”ni Afg‘onistonda “Amerika istilosi” davri tugagani bilan tabrikladi. Bu haqda Anadolu Agency xabar berdi.

Foto: Anadolu Agency

HAMAS ma’lum qilishicha, Honiya “Tolibon” siyosiy idorasi rahbari mulla Abdulg‘ani Barodar bilan telefon orqali muloqot qilgan.

Honiyaning ta’kidlashicha, Afg‘oniston yerlarini Amerika bosqinidan xalos qilish barcha “zolimlar” ustidan g‘alaba qozonishga imkon beradi va Falastin yerlari Isroil tomonidan bosib olinishini tugatishning garovi bo‘ladi.

HAMAS siyosiy byurosi rahbari Barodarni “tarixiy g‘alaba” bilan tabrikladi. Honiya Afg‘onistonda birlik va farovonlik hukm surishiga umid bildirdi.

15-avgust kuni “Tolibon” jangarilari Kobulga kirdi va Afg‘onistonning butun hududini nazorat ostiga olganini e’lon qildi. Shu kuniyoq mamlakat prezidenti Ashraf G‘ani iste’foga chiqib, mamlakatni tark etdi. U o‘z qarorini “qon to‘kilishiga yo‘l qo‘ymaslik istagi bilan izohladi. Afg‘oniston maxsus kuchlari tarqatib yuborildi, aholidan qurol-yarog‘lar musodara qilinmoqda.

“Afg‘onistonda urush tugadi”, — deya e’lon qildi “Tolibon” harakati rasmiy vakili Muhammad Naim Al-Jazeera telekanali efirida. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar