Daryo

O‘zbekistonning Aqtau shahridagi bosh konsuli tayinlandi

Yangi konsul bunga qadar O‘zbekistonning Tojikistondagi elchixonasi birinchi kotibi sifatida ishlagan

1 daqiqa o‘qish55 198 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati

Atabek Tursinbekov O‘zbekistonning Aqtau shahridagi (Qozog‘iston) bosh konsuli etib tayinlandi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati

Ma’lumot uchun, Atabek Tursinbekov 1987-yilda Nukus shahrida tug‘ilgan. 2009—2017-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.

Shuningdek, u 2017—2021-yillarda O‘zbekistonning Tojikistondagi elchixonasi birinchi kotibi sifatida ishlagan. Oilali, ikki farzandning otasi.

Ta’kidlanishicha, Aqtau shahridagi bosh konsulxonaning konsullik okrugiga Qozog‘istonning Aqto‘be, Atirau, G‘arbiy Qozog‘iston va Mang‘istau viloyatlari kiradi.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yil iyunida Nodir Turg‘unov O‘zbekistonning Aqtaudagi bosh konsuli etib tayinlangan edi. Aqtauda bosh konsullik ochilishini esa O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchisi Saidikrom Niyozxo‘jayev 2019-yil may oyida ma’lum qilgandi.

Mavzuga doir: Samarqandda Qozog‘istonning bosh konsulxonasi ish boshladi

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar