Daryo

Ilon Mask Tesla’ga endi oddiy rul chambaragi qaytmasligini tasdiqladi

Yangilangan Tesla Model S noodatiy shakldagi — yuqori plankasi yo‘q burchakli U-simon shturvalga ega bo‘lgan

1 daqiqa o‘qish33 209 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Tesla

Yangilangan Tesla Model S noodatiy shakldagi — yuqori plankasi yo‘q burchakli U-simon shturvalga ega bo‘lgan. Ushbu qarorning yoqlaganlar bilan birga, unga qarshi chiqqanlar ham bor, shu sababli Tesla oddiy rulni taqdim etishi yoki mazkur tajribadan voz kechishi haqida mish-mishlar tarqalgan. Ammo kompaniyasi rahbari Ilon Mask bularning barchasini rad etdi va Tesla’ga oddiy rul chambaragi boshqa qaytmasligini ma’lum qildi, deb xabar beradi Motor.

Foto: Tesla

Car & Driver nashri AQSh Yo‘l harakati xavfsizligi milliy boshqarmasiga holat bo‘yicha murojaat qilgan, biroq amaldorlar avtomobillarni sotuvga chiqmaguniga qadar “ma’qullamasligi” va “testdan o‘tkazmasligi”ni ma’lum qilgan, chunki amaldagi xavfsizlik normalariga ko‘ra, unga ishlab chiqaruvchi mas’ul. Ayni vaqtda AQShdagi biror standart rul shaklini belgilamaydi — avtomobil ishlab chiqaruvchi u yo‘lovchilar himoyasi borasidagi barcha talablarga mos kelishini kafolatlasa bo‘lgani.

Shturval tarafdorlarining so‘zlariga ko‘ra, uning boshqaruv yoki xavfsizlik borasida oddiy ruldan farq qilmaydi. Yangilangan Model S egalarining aytishicha, shturvalga ancha tez moslashish mumkin va u atrofni kuzatishga xalaqit bermaydi, ayrimlar esa mashinani avtoturargohda qo‘yishda qiyinchilikka uchramoqda. Shuningdek, ko‘plab xaridorlar mitti sensor tugmalarini ham tanqid qilyapti. Ammo shturvalning foydasiga xizmat qiladigan asosiy bahona — uning futuristik dizayni: Tesla egalariga oddiy mashinalardan ajralib turish yoqadi.

Avvalroq eng tezkor Tesla soatiga salkam 100 km tezlikka 1,99 soniyada erishgani, Tesla Model S Plaid’ning g‘ayrioddiy ruli shahar sharoitida boshqarishda juda noqulay bo‘lib chiqqani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Tesla elektrokarlari rus tilida “gapirishni” boshladi

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar