Daryo

Eng tezkor Tesla soatiga salkam 100 km tezlikka 1,99 soniyada erishdi (video)

Model S Plaid bir marta quvvatlanish orqali 628 kilometr yo‘l bosa oladi

1 daqiqa o‘qish64 772 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Tesla

O‘tgan haftada taqdim etilgan Tesla Model S Plaid elektrokari dunyodagi eng tezkor seriyali avtomobil sifatida e’tirof etilgan bo‘lib, u soatiga 100 kilometr tezlikka salkam ikki soniyada erishishi aytilgan. Frimontda o‘tkazilgan taqdimot davomida to‘rt eshikli elektrokarning “pasport” xarakteristikasini isbotlovchi video tasvirga olindi — unda Tesla soatiga 60 mil (97 kilometr) tezlikka 1,99 soniyada erishgan, deb xabar beradi Motor.

Foto: Tesla

Videoyozuv Twitter’dagi Everyday Astronaut akkauntida paydo bo‘lgan. U yerda “hozirgina fizika qonunlarini buzgan” avtomobil ichida test vaqtida haydovchidan tashqari yana uch kishi borligi ko‘rsatilgan. Tesla Model S Plaid chorak mil masofani bosishga 9,23 soniya sarflaydi, maksimal tezligi esa soatiga 322 kilometrga yetadi.

Model S Plaid’ni yetkazib berish ishlari o‘tgan haftada boshlangan. Eng tezkor Tesla’ga 1034 ot kuchini taqdim etishga qodir uchta elektromotor o‘rnatilgan. Boshqa o‘ziga xos jihatlari qatoridan old qarshilik koeffitsiyentining o‘ta pastligi (0,208), eng zamonaviy o‘yinlarni o‘ynash mumkin bo‘lgan multimedia tizimi, shuningdek, 22 dinamikli akustik tizim o‘rin olgan.

https://twitter.com/Erdayastronaut/status/1403212447557713920

Model S Plaid bir marta quvvatlanish orqali 628 kilometr yo‘l bosa oladi. Akkumulyatorni 300 kilometr masofaga yetadigan quvvat bilan to‘ldirish uchun 15 daqiqa yetarli.

Avvalroq Tesla Model S Plaid’ning g‘ayrioddiy ruli shahar sharoitida boshqarishda juda noqulay bo‘lib chiqqani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Tesla kompaniyasi o‘zining eng qimmat mashinasi Model S Plaid Plus’ni ishlab chiqarishni to‘xtatdi

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar