Daryo

Magnitli simsiz quvvatlantirgichga ega birinchi Android smartfon: internetda Realme Flash suratlari tarqaldi

Suratlarda simsiz MagDart quvvatlantirgichini ko‘rish mumkin — u kutilganidan ingichkaroq ko‘rinish olgan

1 daqiqa o‘qish21 830 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: IXBT

Android smartfonlar orasida birinchi bo‘lib Realme kompaniyasi o‘z qurilmalari uchun xuddi Apple kabi magnitli simsiz quvvatlantirgich — Flash’ni taqdim etdi, deb xabar beradi IXBT.

Foto: IXBT

Internetda yaqin orada taqdim etilishi kutilayotgan Realme flagmanining suratlari paydo bo‘lgan. Suratlarda simsiz MagDart quvvatlantirgichini ko‘rish mumkin — u kutilganidan ingichkaroq ko‘rinish olgan.

Foto: IXBT

Smartfonning o‘zi haqida hozircha biror ma’lumot yo‘q. U egilgan displey, Snapdragon 888 protsessori, 12 gigabayt tezkor va 256 gigabayt ichki xotiraga ega bo‘ladi. Albatta, uning boshqacha xotiralarga ega modifikatsiyalari ham paydo bo‘lishi mumkin.

Foto: IXBT
Eslatib o‘tamiz, Apple kompaniyasi iyul o‘rtalarida iPhone smartfonlarining orqa paneliga qotiriladigan MagSafe akkumulyatorini taqdim etgandi. Yangi MagSafe akkumulyatori iPhone 12, iPhone 12 mini, iPhone 12 Pro va iPhone 12 Pro Max’larda ishlash uchun mo‘ljallangan.

Mavzuga doir: Realme geymerlar uchun salkam 2 dollarlik aksessuarini taqdim etdi

Avvalroq Realme GT — Snapdragon 888 protsessorida ishlaydigan eng arzon smartfon taqdim etililgani, Realme Naoto Fukasava tomonidan yaratilgan dizaynga ega flagman bilan bo‘lishgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar