• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Toshkentda xalqaro konferensiya o‘z ishini boshladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev unda nutq so‘zladi

    Toshkent shahrida 16-iyul kuni “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusida xalqaro konferensiya o‘z ishini boshladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilgan anjumanda Afg‘oniston prezidenti, Pokiston bosh vaziri, Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlarining tashqi ishlar vazirlari, jami 44 ta mamlakat va 30 ga yaqin xalqaro tashkilot delegatsiyalari, nufuzli xorijiy ilmiy-tadqiqot va tahlil markazlari rahbarlari ishtirok etmoqda.

    Konferensiyani O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ochib, Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqalari o‘rtasidagi tarixiy yaqinlik, uni bugungi kunda o‘zaro ishonch va manfaatdorlik asosida mustahkamlashning ahamiyati haqida nutq so‘zladi.

    Davlat rahbari o‘z nutqida tarixiy aloqalarni tiklash muhimligini, sa’y-harakatlarni birlashtirish fursati kelganini ta’kidlagan.

    “Bugun dunyo ham tahdidlar, ham yangi imkoniyatlarni o‘zida tutgan global geosiyosiy transformatsiyalar davriga qadam bosdi. Bunday sharoitda 2 milliarddan ziyod odam yashayotgan Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi aloqalarning qayta tiklanishi yanada muhim va obyektiv jarayonga aylanib bormoqda. Xalqlarimizning ulkan tarixiy, ilmiy va ma’naviy-madaniy merosidan, iqtisodiyotlarimizning bir-birini to‘ldirib turishidan, intellektual salohiyat va mehnat resurslarining borligidan kelib chiqib, birgalikdagi sa’y-harakatlarni birlashtirish fursati keldi, deb o‘ylayman va bu, shubhasiz, katta manfaat keltiradi”, – deydi Shavkat Mirziyoyev.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    O‘zbekiston Prezidenti o‘z nutqida tinchlik, yaxshi qo‘shnichilik va ishonchning mustahkamlanishi, hamkorlikning rivojlanishi, ochiq va amaliy siyosat yo‘lga qo‘yilishiga qaratilgan muhim tashabbuslarni ilgari surgan.

    Avvalo, savdo-iqtisodiy hamkorlikning ustuvor ekani ta’kidlanib, bu sohadagi dolzarb masalalarni muhokama qilish, kooperatsiya va investitsiyaviy aloqalarni kengaytirish uchun har yili mintaqalararo forum o‘tkazish taklifi bildirilgan.

    Davlat rahbari Markaziy Osiyo bilan Janubiy Osiyoni samarali va xavfsiz bog‘laydigan transport-logistika infratuzilmasini barpo etish masalasiga alohida e’tibor qaratgan. Termiz—Mozori Sharif— Kobul—Peshovar temiryo‘lining qurilishi bu arxitekturada muhim bo‘g‘in bo‘ladi. U ikki mintaqaning tranzit salohiyatini to‘la yuzaga chiqarib, yuk tashish masofasi va vaqtini ancha qisqartiradi. Shu boisdan ham, bu loyiha ishtirokchi davlatlar va xalqaro moliya institutlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda.

    Savdo, tranzit va bojxona jarayonlarini raqamlashtirish, bu borada qo‘shma harakatlar strategiyasini qabul qilish zarurligi qayd etilgan.

    Butun dunyoda oziq-ovqat xavfsizligi masalasi ham dolzarb bo‘lib bormoqda. Shu bois, Shavkat Mirziyoyev BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti shafeligida mintaqa mamlakatlari qishloq xo‘jaligi vazirlarining uchrashuvini o‘tkazib, qo‘shma dastur ishlab chiqish taklifini ilgari surgan.

    Mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash, terrorizm, ekstremizm va transchegaraviy jinoyatchilikka qarshi kurashish chora-tadbirlariga ham to‘xtalib o‘tildi.

    Ekologiyani asrash, “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirish dolzarbligi qayd etilgan.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Markaziy va Janubiy Osiyoning turizm salohiyatidan keng foydalanish maqsadida turoperatorlarning yagona platformasini shakllantirish, Jahon sayyohlik tashkiloti ishtirokida mintaqada turizmni yanada rivojlantirish bo‘yicha fikrlar bildirilgan.

    Ilmiy va madaniy-gumanitar almashinuvlarni ko‘paytirish do‘stlik va ishonchni mustahkamlashda muhim o‘rin tutishi ta’kidlandi. Shu yo‘nalishda YuNESKO shafeligida Termiz shahrida Markaziy va Janubiy Osiyoning tarixiy merosiga bag‘ishlangan xalqaro forum o‘tkazish taklif etildi.

    Shavkat Mirziyoyev ilm-fan, texnologiya va innovatsiya sohalaridagi hamkorlikka ham alohida ahamiyat qaratgan. Qo‘shma tadqiqot va tajriba almashish dasturlarini rag‘batlantirish, olim va tadqiqotchilar uchun yengillashtirilgan viza tartibini joriy qilish muhimligini ta’kidlagan.

    Ma’lumki, konferensiya arafasida Toshkentda Markaziy Osiyo xalqaro instituti ochildi. O‘zbekiston Prezidenti mazkur tahlil markazi negizida mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan ekspertlar guruhi tuzishni taklif etdi.

    “Markaziy va Janubiy Osiyoning tarixiy-madaniy mushtarakligi, mamlakat va xalqlarimizning bir-biriga mos keluvchi manfaatlari umumiy farovon kelajakni barpo etishimiz uchun asos bo‘ladigan mustahkam poydevordir. Birgalikda barqaror rivojlanish istiqbollari bo‘yicha aniq yondashuvga ega bo‘lishimiz lozim. Oldimizda Markaziy va Janubiy Osiyoni, butun Yevrosiyo qit’amizni birgalashib barqaror, iqtisodiy taraqqiy etgan va farovon makonga aylantirish maqsadi turibdi”, – deydi O‘zbekiston Prezidenti.

    Shundan so‘ng, BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishning konferensiya ishtirokchilariga yo‘llagan videomurojaati namoyish etildi.

    Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani, Pokiston bosh vaziri Imron Xon, Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili Jozef Borrel mintaqada hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari, bunda mazkur forumning ahamiyati haqida o‘z fikrlarini bayon etdi. Konferensiya o‘z ishini davom ettirmoqda.

    Forumning yalpi va sho‘ba majlislarida savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsion va madaniy-gumanitar sohalarda mintaqaviy bog‘liqlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan imkoniyat va tashabbuslar muhokama qilinadi.

    Konferensiya yakunlari bo‘yicha maxsus rezolyutsiya loyihasi tayyorlanib, ko‘rib chiqish uchun BMT Bosh Assambleyasiga taqdim etiladigan bo‘ldi.

    Mavzuga doir:

    • AQSh, O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokiston yangi to‘rt tomonlama maslahatlar platformasini tashkil etadi
    • “Siz bilan biz ‘Naya Pakistan’ va Yangi O‘zbekistonni quryapmiz”. Shavkat Mirziyoyev Imron Xon bilan kengaytirilgan doirada muzokara o‘tkazdi
    • Shavkat Mirziyoyev Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan konferensiya doirasida Afg‘oniston prezidenti bilan uchrashdi

    16.07.2021, 12:35   Izoh (0)   20319
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda 20 yoshli o‘g‘lini o‘ldirib, uni yerto‘laga ko‘mib qo‘ygan erkakka sud hukmi o‘qildi

    16.07.2021, 12:10

    AQSh, O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokiston yangi to‘rt tomonlama maslahatlar platformasini tashkil etadi

    16.07.2021, 11:12

    O‘zbekistonda hozirga qadar koronavirusga qarshi to‘liq emlanganlar soni 985 ming kishidan oshdi

    16.07.2021, 10:45

    O‘zbekistonda o‘tgan bir sutka ichida 478 kishida koronavirus, 357 kishida pnevmoniya tasdiqlandi. To‘rt bemor vafot etdi

    16.07.2021, 10:27

    Ozarbayjon O‘zbekistonga 50 ming doza AstraZeneca vaksinasini yubordi

    16.07.2021, 10:10

    Farg‘onada Jahon banki mablag‘lari hisobidan ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi quriladi

    16.07.2021, 09:59
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ishga borish taqiqlanadi: Isroildagi o‘zbekistonliklar yangi cheklovlar haqida ogohlantirildi

    O‘zbekiston | 22 iyun, 11:18

    Eron yadro obyektlaridagi ehtimoliy halokatning O‘zbekistonga ta’siri bormi?

    O‘zbekiston | 22 iyun, 10:54

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Inter” va “Fluminense”dan g‘alaba, Ramos boshchiligidagi “Monterrey” ikkinchi bahsda ham durang o‘ynadi (video)

    Sport | 22 iyun, 10:37

    AQSH Eronning uchta yadroviy obyektiga zarba berdi

    Dunyo | 22 iyun, 09:20

    O‘zbekistonda davlat organlari faolligining milliy reytingi joriy etiladi

    O‘zbekiston | 22 iyun, 09:05

    Tramp “Amerika ovozi”ning 639 nafar muxbirini ishdan bo‘shatdi

    Dunyo | 21 iyun, 23:50

    FVV aholiga soat 10:00 dan 17:00 gacha tik tushadigan quyosh nurlari ostida bo‘lmaslikni tavsiya qildi

    O‘zbekiston | 21 iyun, 23:30

    Braziliyada havo shari qulashi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 21 iyun, 23:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.