Daryo

O‘zbekiston energetika sohasining faxriy xodimi Ruslan Mubarakshin 59 yoshida vafot etdi

Uning vafotiga nima sabab bo‘lgani haqida ma’lumot berilmagan

1 daqiqa o‘qish78 714 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Energetika vazirligi

O‘zbekiston energetika sohasining faxriy xodimi Ruslan Mubarakshin 59 yoshida vafot etdi, deya xabar bermoqda Energetika vazirligi axborot xizmati.

Foto: Energetika vazirligi axborot xizmati

Ma’lumot uchun, Ruslan Mubarakshin 1962-yilda tavallud topgan. Mehnat faoliyatini 1985-yilda “Energiya” birlashgan dispetcherlik markazida elektromontyorlikdan boshlagan.

U 2017—2019-yillarda “O‘zbekenergo” boshqaruv raisining ishlab chiqarish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, 2019—2021-yillarda “Issiqlik elektr stansiyalari” boshqaruvi raisi, 2021-yil fevraldan hozirga qadar “Chirchiq transformator zavodi” bosh direktori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Ruslan Mubarakshinning vafotiga nima sabab bo‘lgani haqida ma’lumot berilmagan.

Bundan avval O‘zbekiston xalq o‘qituvchisi, “Qorako‘l maktabi” asoschisi To‘xtamurod Jumayev, mashhur sport jurnalisti va yozuvchi Vladimir Safarov 82 yoshida hamda yozuvchi Dadaxon Nuriy 78 yoshida vafot etgani haqida xabar berilgandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar