Daryo

Turkiya tashqi ishlar vaziri 14-iyul kuni Farg‘onaga keladi

Vazir kun davomida Marg‘ilondagi Hunarmandlar markazi, Qo‘shtepa tumanidagi qovunchilik dalalari, Qo‘qondagi Xudoyorxon saroyi hamda Jome majmuasi bilan tanishadi

1 daqiqa o‘qish32 550 ko‘rishlar0 izoh0

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘li 14-iyul kuni Farg‘onaga keladi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, Toshkentda 15—16-iyul kunlari bo‘lib o‘tadigan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdid va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun O‘zbekistonga kelayotgan Mevlut Chavusho‘g‘li o‘z safarini Farg‘onadan boshlaydi.

Istanbuldan Farg‘onaga uchib keladigan Chavushog‘lu kun davomida Marg‘ilondagi Hunarmandlar markazi, Qo‘shtepa tumanidagi qovunchilik dalalari, Qo‘qondagi Xudoyorxon saroyi hamda Jome majmuasi bilan tanishadi.

Shu kuni kechqurun Mevlut Chavusho‘g‘li Farg‘onaga tashrifini yakunlab, xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun Toshkentga uchib ketadi.

Toshkent shahrida o‘tkaziladigan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiyada Afg‘oniston va Pokiston prezidentlari, shuningdek, Yevropa ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili, Yevrokomissiya vitse-prezidenti Jozef Borrel, 20 dan ziyod mamlakat tashqi ishlar vazirlari, nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishi kutilmoqda. Ishtirokchilarning umumiy soni 600 dan ortiq.

Forumning asosiy maqsadi Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi tarixan yaqin va do‘stona aloqalarni, ishonch va yaxshi qo‘shnichilikni ikki mintaqa xalqlari va mamlakatlari manfaatlari yo‘lida mustahkamlashdan iborat.

Mavzuga doir: Xalqaro konferensiya o‘tkazilishi munosabati bilan 15—16-iyul kunlari Toshkentdagi ayrim markaziy ko‘chalar yopiladi

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar