Daryo

Samarqandda Damas va avtobus to‘qnashuvi oqibatida ikki yo‘lovchi halok bo‘ldi (video)

Damas to‘satdan qarama-qarshi tomondan kelayotgan avtobus yo‘liga chiqib ketgan

1 daqiqa o‘qish82 028 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Samarqand viloyati YHXBB

Samarqand viloyati Payariq tumanida Damas va avtobus ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Samarqand viloyati YHXBB

Hodisa soat 1-iyul kuni soat 12:00 larda Payariq tumani “Eshmonsoq” MFY hududidan o‘tuvchi 4R-48 avtomobil yo‘lining 26-kilometrida sodir bo‘lgan.

Jizzax–Gagarin–Samarqand–Payariq yo‘nalishida aholiga xizmat ko‘rsatuvchi avtobusning yo‘liga qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan Damas rusumli transport vositasining chiqib ketishi natijasida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

Foto: Samarqand viloyati YHXBB

To‘qnashuv oqibatida Damas ichida bo‘lgan ikki nafar fuqaro hodisa joyida vafot etgan.

Holat yuzasidan viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi (odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan transport boshqarish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Bundan avval Xorazmda piyodani urib yubormaslikka harakat qilgan Damas ag‘darilib ketgani, Buxorodagi mudhish YTHda jarohat olgan yo‘lovchining hayoti saqlab qolingani hamda Qamchiq dovonida “benzovoz” yonib ketishi oqibatida ikki kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar