Daryo

Yunusobodda haydovchi yo‘lning belgilanmagan qismidan o‘tayotgan piyodalarni urib yubormaslik uchun rulni chapga burishi oqibatida Lacetti beton simyog‘ochga urildi

Haydovchi mashinani katta tezlikda boshqarib ketayotgan bo‘lgan

1 daqiqa o‘qish62 896 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: YHXBB matbuot xizmati

Toshkentning Yunusobod tumanida katta tezlikda harakatlangan Lacetti beton simyog‘ochga urildi. Bu haqda YHXBB matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: YHXBB matbuot xizmati

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 30-iyun kuni Lacetti’ni katta tezlikda boshqararib ketayotgan haydovchi Yunusobod tumanidagi “Turkiston” kafesi qarshisida tartibga solinmagan piyodalar o‘tish yo‘lagidan o‘tayotgan piyodalarni urib yubormaslik uchun rulni chap tomonga burgan.

Foto: YHXBB matbuot xizmati
Foto: YHXBB matbuot xizmati

Keskin burilish oqibatida avtomobil avval piyodalar belgisiga va beton simyog‘ochga borib urilgan. Beton simyog‘ochning parchalari yo‘lning narigi tomonidan harakatlanib kelayotgan Spark avtomobiliga teggan.

Foto: YHXBB matbuot xizmati

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Qashqadaryoda ikki piyodani urib yubormaslik uchun rulni o‘ngga burgan Nexia chuqurga ag‘anagani, uning ortidan kelayotgan mashina esa ularni urib yuborgani haqida xabar berilgan edi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar