Daryo

Chirchiqda harakatlanish vaqtida Spark’dan tanasini chiqargan qiz qidirilmoqda. Haydovchi jarimaga tortildi

Haydovchi transport vositasidan tana qismini chiqarib olgan fuqaroni tanimasligini aytgan

1 daqiqa o‘qish108 434 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Telegram

Toshkent viloyati Chirchiq shahrida Spark oynasidan tanasini chiqarib ketayotgan qiz surati internetda tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat YHXB o‘rganish olib bordi.

Foto: Telegram

Qayd etilishicha, holat Toshkent viloyati IIBB YHXB xodimlari tomonidan o‘rganib chiqildi va ushbu avtoulov aniqlandi.

Hodisa Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida 26-iyun kuni sodir etilgan bo‘lib, haydovchi salonidagi yo‘lovchining xavfsizligini ta’minlamagani va yo‘l harakati qoidalarining 11-bandida (harakatlanishni boshlashdan oldin yo‘lovchilar transport vositasida joylarini egallaganligiga ishonch hosil qilishi va yo‘lovchilarni harakatlanayotgan vaqtda avtomobil salonidan tana qismlarini (qo‘ldan tashqari) chiqarish taqiqlangani to‘g‘risida ogohlantirishga majburligi) ko‘rsatib o‘tilgan talablarni bajarmagani aniqlangan.

Haydovchiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-5-moddasiga asosan (transport vositalari haydovchilarining yo‘lning qarama-qarshi harakatlanish uchun mo‘ljallangan tomoniga yoki bo‘lagiga yo‘l harakati qoidalarini buzgan holda chiqishi, xuddi shuningdek, avariya holati yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan, ya’ni yo‘l harakatining boshqa qatnashchilarini tezlikni, harakat yo‘nalishini keskin o‘zgartirishga yoki o‘z xavfsizligini yoxud boshqa fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash uchun o‘zga choralarni ko‘rishga majbur qiluvchi huquqbuzarlikni sodir etishi) ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Chirchiq shahar IIB YHXB tomonidan olib borilgan surishtiruvlar jarayonida haydovchi transport vositasidan tana qismini chiqarib olgan fuqaroni tanimasligini aytib o‘tgan.

Hozirda ushbu ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan fuqaroni aniqlash ishlari olib borilmoqda. Mavzuga doir: 
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar