Daryo

O‘zbekistonga so‘nggi ikki kunda yana 47 nafar afg‘onistonlik harbiy qochib o‘tdi

“O‘zbekiston hududiga bu kabi noqonuniy o‘tishga urinishlar qat’iy ravishda bartaraf etiladi”, — deyiladi TIV maxsus vakili xabarida

1 daqiqa o‘qish155 606 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo”

O‘zbekiston Afg‘onistonda keskinlik kuchayib borayotganidan xavotirda ekanligini bildiradi. Bu haqda TIV maxsus vakili Yusup Kabuljanov ma’lum qildi.

“Kurashayotgan tomonlarni tinch aholi orasida qurbonlar bo‘lishining oldini olishga va kuch ishlatishdan tiyilishga chaqiramiz”, — deyiladi xabar boshida.

Qayd etilishicha, 2021-yilning 27-iyun kuni 44 kishidan iborat Afg‘oniston chegara qo‘shinlari va mahalliy qurolli guruh vakillari Sho‘rtepa tumani hududida O‘zbekistonning davlat chegarasini buzgan.

Shuningdek, 26-iyun kuni chegaraning ushbu qismida qo‘shni mamlakat kuch ishlatar tizimlari 3 nafar vakilining O‘zbekiston hududiga kirib kelish holati qayd etilgan. Barcha Afg‘oniston fuqarolari o‘z vataniga qaytarilgan.

“O‘zbekiston hududiga bu kabi noqonuniy o‘tishga urinishlar qat’iy ravishda bartaraf etiladi.

O‘zbekiston hukumati Afg‘oniston bilan an’anaviy do‘stona va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini davom ettirish, neytralitetni saqlash hamda qo‘shni mamlakat ichki ishlariga aralashmaslik tarafdori ekanligini qat’iy ma’lum qiladi”, — deyiladi TIV maxsus vakili xabarida. Mavzuga doir:  Avvalroq Afg‘onistondan dastlab 53 nafar harbiy, keyin bir qancha fuqarolar O‘zbekiston hududiga qochib o‘tgani xabar qilingandi.
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar