Daryo

Afg‘oniston harbiylari beshta tumanni “Tolibon”dan ozod qildi

Afg‘oniston xavfsizlik kuchlari mamlakat shimolida “Tolibon”ga qarshi hujumni kuchaytirmoqda

1 daqiqa o‘qish89 696 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: EPA

Afg‘onistonda hukumat qo‘shinlari “Tolibon” jangarilarini mamlakat shimolidagi bir nechta tumanlardan siqib chiqardi. Bu haqda mamlakat Mudofaa vazirligi vakili Fevad Omonga tayanib, Reporterly 23-iyun kuni xabar berdi.

Foto: EPA

Afg‘oniston xavfsizlik kuchlari mamlakat shimolida “Tolibon”ga qarshi hujumni kuchaytirmoqda. Harbiylar beshta tumanni ozod qilishga va jangarilarning qarshi hujumlarini qaytarishga muvaffaq bo‘ldi — bir kunda 200 ga yaqin jangari yo‘q qilindi, yana yuzdan ortig‘i yarador qilindi.

Bundan tashqari, hukumat qo‘shinlarining hujumiga mahalliy aholi ham kelib qo‘shildi. Afg‘oniston viloyatlarida odamlar hukumat jangchilarini qo‘llab-quvvatlash uchun o‘z-o‘zini mudofaa qilish otryadlarini tuzmoqda.

AQSh Afg‘onistondan o‘z harbiylarini olib chiqib ketmoqda, ayni paytgacha AQSh qo‘shinining yarmi mamlakatni tark etishga ulgurgan. Xavfsizlik nuqtayi nazaridan Amerika harbiylarining Afg‘onistondan chiqarilishi bo‘yicha ma’lumotlar faqat foiz ko‘rinishida taqdim etilmoqda.

Bundan avval “Tolibon” Afg‘onistonning Tojikiston bilan chegaradagi hududini egallab olgani hamda tojik-afg‘on chegarasidagi vaziyat keskin deb baholanayotgani haqida xabar berilgandi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar