Daryo

Otabek Sattoriyning apellyatsiya sudi sanasi belgilandi

Apellyatsiya sudi 29-iyun kuni soat 10:00 da jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyati sudi tomonidan ko‘riladi

1 daqiqa o‘qish72 872 ko‘rishlar0 izoh0

Surxondaryolik bloger Otabek Sattoriyning apellyatsiya sudi 29-iyun kuni soat 10:00 da jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyati sudi tomonidan ko‘riladi.

Otabek SattoriyFoto: YouTube / Timur Ahmedov

Eslatib o‘tamiz, Jinoyat ishlari bo‘yicha Muzrabod sudida 4-may kuni bo‘lib o‘tgan sud majlisida prokuror uni 11 yilga ozodlikdan mahrum etishni so‘ragandi. 10-may kuni o‘tkazilgan sud majlisida Sattoriyga 6 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Bloger Otabek Sattoriy Jinoyat kodeksining 139-moddasi 3-qismi “a”, “g” bandlari (og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etishda ayblab, g‘arazgo‘ylik yoki boshqa past niyatlarda tuhmat qilish) va 165-moddasi 3-qismi “a” bandi (juda ko‘p miqdordagi tovlamachilik)da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilgan.

Uning advokatining apellyatsiya ishini Surxondaryo viloyatidan boshqa viloyatga o‘tkazish bo‘yicha iltimosnomasiga asosan apellyatsiya shikoyati Samarqand viloyat sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida ko‘riladi.

Mavzuga doir: “Otabek Sattoriyning sud ishiga hokimlikning aloqasi yo‘q”. Surxondaryo viloyati hokimligi Rasul Kusherbayev so‘zlariga munosabat bildirdi

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar