Markaziy bank 16-iyundan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 7,02 so‘mga ko‘tarilib, 10 616,02 so‘mni tashkil qildi. Yevro 19,12 so‘mga ko‘tarilib, 12 870,86 so‘m bo‘ldi.
Bundan avval dollarning rasmiy kursi 11,96 so‘mga ko‘tarilib, 10 609 so‘mni tashkil qilgandi. O‘zbekistonda ushbu valyuta kursi qatorasiga oltinchi kun ko‘tarildi.
O‘zbekistondagi tijorat banklarida esa 15-iyun kuni dollar kursi 10 660 so‘mga qadar oshdi.
Izoh (0)