Daryo

O‘zbekiston Afg‘onistonga 1000 dona kislorod ballonlaridan iborat gumanitar yordam jo‘natdi

Ushbu insonparvarlik yordami pandemiyaning uchinchi to‘lqiniga duch kelgan Afg‘oniston hukumatining murojaatiga binoan amalga oshirilgan

1 daqiqa o‘qish35 826 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: TIV matbuot xizmati

11-iyun kuni Afg‘onistonning Hayraton shahrida afg‘on tomoniga 1000 dona kislorod ballonlaridan iborat gumanitar yukni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: TIV matbuot xizmati

Ushbu insonparvarlik yordami pandemiyaning uchinchi to‘lqiniga duch kelgan Afg‘oniston hukumatining murojaatiga binoan amalga oshirilgan.

Shu munosabat bilan, tashkil etilgan marosimda so‘zga chiqqan O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev oziq-ovqat va dori-darmonlar mamlakatga pandemiyaga qaramay, uzluksiz ravishda o‘zbek-afg‘on chegarasi orqali yetkazib berilayotganligini aytgan. Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston qo‘shni davlatga har tomonlama ko‘mak berishda davom etishga tayyor.

Foto: TIV matbuot xizmati

Balx viloyati gubernatori Farhod Azimiy O‘zbekiston tomonidan ko‘rsatilayotgan yordam Afg‘oniston xalqiga chinakam birodarlik munosabatining yorqin namunasi ekanligini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, 2021-yil yanvar oyida Prezident Shavkat Mirziyoyevning shaxsiy ko‘magi ostida afg‘onistonlik shifokorlarning O‘zbekistondagi klinikalarda pandemiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mamlakatimiz tajribasi bilan tanishishlari uchun o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etilgan edi.

Mavzuga doir: “Bu asr loyihasi”. Shavkat Mirziyoyev Mozori-Sharif—Kobul—Peshavor temiryo‘li haqida

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar