Daryo

Mol go‘shti, loviya va bulg‘or qalampiridan xushta’m taom tayyorlaymiz

Taomni ko‘katlar bilan bezatib, dasturxonga tortamiz

1 daqiqa o‘qish27 052 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Lifehacker

Kechki ovqat uchun qanday taom tayyorlashni o‘ylayotgan bekajonlar uchun quyidagi retsept manzur kelishi shubhasiz.

Foto: Lifehacker
Kerakli mahsulotlar:
  • shakar – 1-2 osh qoshiq;
  • soya sousi – 6 osh qoshiq;
  • laym sharbati – 3 osh qoshiq;
  • chili kukuni – 1 choy qoshiq;
  • sarimsoq – 6-8 bo‘lak;
  • yong‘oq moyi – 4 osh qoshiq;
  • steyk uchun mo‘ljallangan mol go‘shti – 300-400 gramm;
  • muzlatilgan loviya – 250 gramm;
  • qizil yoki sariq bulg‘or qalampiri – 1-2 dona;
  • makkajo‘xori kraxmali – 2 choy qoshiq;
  • ko‘k piyoz, tuz va ziravorlar.
Tayyorlanish jarayoni:
  1. Shakar, soya sousi, laym sharbati, chili va maydalangan sarimsoq aralashtiriladi.
  2. Aralashmani ko‘pirtirish davomida 3 qoshiq yog‘ oz-ozdan quyiladi.
  3. Mol go‘shti somoncha shaklida to‘g‘rab olinadi.
  4. Soyali aralashmada mol go‘shti 15-20 daqiqa davomida marinadlanadi.
  5. Tovaga yog‘ quyib, o‘rtacha olovda qizdiriladi.
  6. Go‘sht qizargunga qadar 2 daqiqa davomida qovuriladi. So‘ngra  alohida idishga olinadi.
  7. Somoncha shaklida to‘g‘ralgan yashil loviya va bulg‘or qalampiri solinadi, ta’bga ko‘ra piyoz ham qo‘shish mumkin. 3-5 daqiqa davomida qovuriladi.
  8. Idishda qoldirilgan soyali aralashmaga kraxmal qo‘shib, yaxshilab aralashtiriladi.
  9. So‘ngra tovadagi mahsulotlarga qo‘shib, quyuqlashgunga qadar pishiriladi.
  10. Ustidan pishirib olingan mol go‘shti qo‘shiladi va 30 soniyaga qoldiriladi. Tayyor bo‘lgan taomni ko‘kpiyoz bilan bezatib, dasturxonga tortiladi.
Yoqimli ishtaha! Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar