Daryo

Toshkent viloyati IIBB Chorvoqda ommaviy mushtlashuv sodir bo‘lgani yuzasidan tarqalgan xabarlarga oydinlik kiritdi

Aniqlanishicha, tasvirga olingan holat 2018—2019-yil oralig‘ida sodir bo‘lgan bo‘lishi mumkin

1 daqiqa o‘qish104 322 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Toshkent viloyati IIBB

Toshkent viloyati IIBB 6-iyun kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Chorvoqda fuqarolar o‘rtasida janjal, ommaviy mushtlashuv” kabi izohlar bilan tarqalgan video yuzasidan surishtiruv o‘tkazdi.

Foto: Toshkent viloyati IIBB

Ma’lum qilinishicha, mazkur hodisa tasvirga tushirilgan joy Bo‘stonliq tumani “Novobod” MFY hududidagi Piramida—Chorbog‘ oromg‘ohi sohili bo‘lib, sohilda dam olish 3-iyun kunidan rasmiy ochilgan. Shu vaqt oralig‘ida bu kabi hodisa ro‘y bermagan va IIOga hech qanday murojaat kelib tushmagan.

Aniqlanishicha, tasvirga olingan holat 2018—2019-yil oralig‘ida sodir bo‘lgan bo‘lishi mumkin.  Hozirda ushbu sohilning suvi, ko‘rinishi hamda uning atrofidagi muhit va boshqa jarayonlar o‘zgargani bunga sabab qilib ko‘rsatilgan.

Hozirda mazkur holatning kelib chiqish sababi va holat ishtirokchilarini aniqlash yuzasidan Bo‘stonliq tumani IIB tomonidan tezkor surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Avvalroq Buxoro shahar hokimligi binosi yaqinida ommaviy mushtlashuv bo‘lib o‘tgani va IIB voqeaga munosabat bildirgani, Chirchiqda 5 yoshli bola 2 yoshli bolani yiqitib yuborgani uchun bolalarning onalari va buvilari o‘zaro janjallashgani, Termizdagi restoranda iftorlik paytida bir guruh shaxslar mushtlashgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar