Daryo

Xuddi bolalikdagidek: Yumshoqqina mazali pryanik tayyorlaymiz

Shirinlikni tayyorlash uchun ko‘p masalliq shart emas

1 daqiqa o‘qish41 380 ko‘rishlar0 izoh1
Foto: Lifehacker

Bolalikdan sevib iste’mol qilinadigan yumshoqqina pryaniklar barchaning yodida qolgan bo‘lsa kerak. Garchi bugunda shirinliklarning turfa xili tayyorlansa-da, pryanikning mazasi bilan teng kela olmaydi.

Foto: Lifehacker
Kerakli mahsulotlar:
  • kefir – 500 ml;
  • ichimlik sodasi – 1 choy qoshiq;
  • vanilin – 1 chimdim;
  • tuxum – 1 dona;
  • shakar – 170 gramm;
  • o‘simlik moyi – 70 ml;
  • un – 900 gramm;
  • shakar – 200 gramm;
  • suv – 120 ml;
  • tuz.
Tayyorlanish jarayoni:
  1. Kefir soda va tuz bilan aralashtiriladi. So‘ngra vanilin, tuxum va shakar qo‘shiladi.
  2. Massaga o‘simlik moyi va un qo‘shilib, yumshoq xamir qoriladi.
  3. Xamir folga bilan o‘ralib, 30-40 daqiqa tindiriladi.
  4. Pech 180 darajada qizdiriladi.
  5. Xamir 1 santimetr qalinlikda yoyib chiqiladi va u pryanik shaklida kesib olinadi.
  6. Pishirish varag‘iga pryaniklar terilib, 12-15 daqiqa davomida pishiriladi.
  7. So‘ngra tayyor bo‘lgan shirinliklar sovutishga qo‘yiladi.
  8. Alohida idishda suv va shakar qaynatib, sirop tayyorlanadi.
  9. Sirop oqargunga qadar aralashtiriladi va pryaniklar ustidan quyiladi.
Yoqimli ishtaha! Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar