Daryo

Chilonzorda chamadoniga giyohvand modda yashirib olib ketayotgan Tojikiston fuqarosi qo‘lga olindi

Gumonlanuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan

1 daqiqa o‘qish56 028 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Tergov departamenti

24-may kuni soat 22:00 larda Chilonzor tumanida joylashgan “Erkin” YPX maskanida to‘xtatib tekshirilgan Cobalt avtomobilidan giyohvandlik moddasi topildi. Bu haqda Tergov departamenti xabar berdi.

Foto: Tergov departamenti

Ma’lum qilinishicha, YPX maskanida xizmat olib borayotgan IIB xodimlari Samarqand—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib kelayotgan 43 yoshli K.U. boshqaruvidagi Cobalt rusumli avtomobilni to‘xtatib, tekshiruvdan o‘tkazgan.

Mashinaning yukxona qismidan Tojikiston fuqarosi bo‘lgan X.A. ismli yo‘lovchining chamadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, uning ichidan polietilen paket bo‘lagiga o‘ralgan va ikki dona yelim idishlarga joylangan o‘tkir hidli moddalar borligi aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Sud kimyoviy ekspertiza xulosasida X.A.dan olingan sof og‘irligi jami 8,79 grammga teng gashish giyohvandlik moddasi ekanligi ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda sotish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, X.A.ga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda tergov davom etmoqda.

Avvalroq Chilonzorda go‘sht ichiga giyohvand modda joylashtirib olib ketayotgan shaxs ushlangani, Toshkentda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullangan jinoiy guruh qo‘lga olingani, Jizzaxda bojxonachilar tomonidan to‘xtatilgan Epica’dan gashish, Samarqandda avtomobil shinasi ichidan opiy topilgani hamda Namanganda umumiy qiymati 2 mlrd so‘mlik dori vositalarini mamlakat hududiga olib kirgan shaxslar ushlangani haqida xabar berilgandi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar