Daryo

O‘zbekiston tashqi qarzi 2020-yilda nimalarga sarflandi?

Moliya vaziri Timur Ishmetov 2020-yilda O‘zbekiston tashqi qarzi nimalarga sarflangani haqida ma’lumot berdi

1 daqiqa o‘qish49 842 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Senat matbuot xizmati

Moliya vaziri Timur Ishmetov 28-may kuni Oliy Majlis Senatining yalpi majlisida 2020-yilda O‘zbekiston tashqi qarzi nimalarga sarflangani haqida ma’lumot berdi, deb yozmoqda “Gazeta.uz”.

Foto: Senat matbuot xizmati
Uning ma’lum qilishicha, davlat tashqi qarzining hajmi 2021-yil yakuniga ko‘ra 21,1 milliard dollar yoki yalpi ichki mahsulot (YaIM)ga nisbatan 36,5 foizni tashkil etdi. Bundan:
  • 15,1 milliard dollar — O‘zbekiston nomidan jalb qilingan tashqi qarz;
  • 6 milliard dollar — O‘zbekistonning kafolati ostida jalb qilingan tashqi qarz.
2020-yil yakuni bo‘yicha jami davlat qarzining 17,5 foizi yoki 3,7 milliard dollari davlat budjetini qo‘llab-quvvatlashga, 12,4 foizi yoki 2,6 milliard dollari energetika sohasiga, 11,5 foizi yoki 2,4 milliard dollari transport infratuzilmasiga hamda 11 foizi yoki 2,3 milliard dollari uy-joy kommunal xo‘jaligi sohalariga yo‘naltirilgan mablag‘lar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Moliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yil 1-aprel holati bo‘yicha davlat qarzi 23,2 milliard dollarni yoki YaIMga nisbatan 40,1 foizni tashkil etmoqda. Davlat qarzi 2021-yil boshiga nisbatan 133,7 million dollarga yoki yalpi ichki mahsulotga nisbati 0,3 foizga kamaygan.

Prezidentning 27-maydagi qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston Osiyo taraqqiyot banki hamda Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar bankidan jami 200 million dollar qarz oladi.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning tashqi qarzi haqida gapirdi

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar