Daryo

Toshkentda 5 yoshli o‘g‘lini urib o‘ldirgan sport murabbiyiga sud hukmi o‘qildi

Bunga bolaning vodoprovod “shlanka”sidan sovuq suv ichgani va kosalarga suzilgan ovqatlarni yeb qo‘ygani sabab bo‘lgan

1 daqiqa o‘qish167 584 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkentda o‘z o‘g‘lini urib o‘ldirib qo‘ygan bolalar va o‘smirlar sport maktabida sport murabbiyi bo‘lib ishlovchi 29 yoshli erkakka sud hukmi o‘qildi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tuman sudining hukmiga ko‘ra, 29 yoshli M.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi  3-qismi “d” bandi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish jabrlanuvchining o‘lishiga sabab bo‘lishi) bilan 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Ma’lum bo‘lishicha, M.A. o‘z uyida 5 yoshli o‘g‘li vodoprovod “shlanka”sidan sovuq suv ichganini ko‘rib, uning ko‘krak qafasiga mushtlari bilan zarba bergan. So‘ng xonadon oshxonasiga olib kirib, kosalarga suzilgan ovqatlarni yeb qo‘yganini ko‘rib, qorin qismiga mushti bilan urib, qasddan og‘ir tan jarohati yetkazgan.

Oqibatda bola ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan olgan tan jarohatlaridan Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan 2-sonli bolalar jarrohlik shifoxonasining jonlantirish bo‘limida vafot etgan.

25-may kuni Toshkent shahar sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellyatsiya instansiyasida ko‘rib chiqilgan M.A.ga nisbatan 20-aprelda chiqarilgan hukmi o‘zgarishsiz qoldirilib, 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan va jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tashi belgilangan.

Mavzuga doir: Toshkentda shar’iy nikohdagi xotinini o‘qlov bilan urib o‘ldirgan erga sud hukmi o‘qildi

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar