Daryo

Toshkentda shar’iy nikohdagi xotinini o‘qlov bilan urib o‘ldirgan erga sud hukmi o‘qildi

Unga 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanib, jazo qattiq tartibli koloniyalarda o‘tashi belgilandi

2 daqiqa o‘qish74 034 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo”

Toshkentning Yashnobod tumanida rashk sabab shar’iy nikohdagi xotinini o‘qlov bilan urib o‘ldirgan erkak 8 yilga qamaldi. Bu haqda “Darakchi.uz” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Davron Boboyev (ism-shariflar o‘zgartirilgan) shar’iy nikohdagi turmush o‘rtog‘i Gulbahor Xurramovaning uyida birgalikda spirtli ichimlik iste’mol qilgan. Mast holda kelib chiqqan kelishmovchilik oqibatida janjallashib, ayolni o‘qlov bilan kaltaklagan. Ayol yetkazilgan og‘ir tan jarohati tufayli voqea joyida halok bo‘lgan. Ta’kidlanishicha, er bundan avval ham Jinoyat kodeksining bir qancha moddalariga asosan sudlanib, jazoga tortilgan bo‘lgan.

Sudda Davron Boboyev aybiga iqror bo‘lgan va jinoyatga xotinining begona erkak bilan telefonda gaplashgani sabab bo‘lganini bayon etgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, ertalab xotini bilan birga spirtli ichimlik iste’mol qilgan. Keyin ro‘zg‘orga kerakli narsalarni olib kelish uchun bozorga ketgan.

“Kelganimda Gulbahor mehmonxonadagi divanda o‘tirgancha telefonda notanish erkak bilan gaplashayotgan ekan. U mening qaytganimni ko‘rmay, begona erkakka ‘Erim uyda yo‘q, bozorga ketgan’, dedi. Bu gapni eshitib, jahlim chiqdi. Uning oldiga borib, telefonini berishni so‘radim. U rad javobini bergach, telefonni tortib oldim. Gulbahor gaplashgan odamga qaytib qo‘ng‘iroq qilgandim, go‘shakni ko‘tarmadi. Bundan jahlim chiqib, telefonni divanga irg‘itdim. Keyin Gulbahorning yuziga shapaloq tortdim. Urganimga xotinimning jahli chiqib, kurakda turmaydigan so‘zlar bilan haqoratladi”, — degan u.

Xotini o‘ziga kelgach, oshxonadan o‘qlovni ko‘tarib, kelin uni urmoqchi bo‘lganda chap berib, qo‘lidan o‘qlovni tortib olgan va shu o‘qlov bilan uni kaltaklagan.

Davron Boboyev Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismining “b, d” bandlarida (takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari qasddan odam o‘ldirgan shaxs tomonidan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish jabrlanuvchining o‘lishiga sabab bo‘lishi) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilgan va unga 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazo qattiq tartibli koloniyalarda o‘tashi belgilangan. Mavzuga doir:

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar