Daryo

Samarqandda xalqaro ekstremistik guruhlarga qo‘shilib qolgan 9 kishi qidiruvga berildi

Qidiruvga berilganlarning eng kichigi 19 yoshda bo‘lib, Jinoyat kodeksining qator moddalari bilan ayblanmoqda

3 daqiqa o‘qish58 650 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Samarqand viloyati IIB axborot xizmati

Samarqand viloyati IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi, xalqaro ekstremistik guruhlar faoliyatiga qo‘shilib, ularning harakatlarida ishtirok etayotgan, milliy va umuminsoniy xavfsizlikka raxna solayotgan bir guruh shaxslarga nisbatan qidiruv e’lon qilingani haqida ogohlantirdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Azizbek Muhammadiyev— (1980-yilda tug‘ilgan) Jinoyat kodeksining 159-modda (O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish) 3-qismi, 244-1-moddasi (jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Foto: Samarqand viloyati IIB axborot xizmati

Murod Istamov — (1982-yilda tug‘ilgan) 2016-yilda Jinoyat kodeksining 244-2-moddasi (diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Foto: Samarqand viloyati IIB axborot xizmati

Dilnoza Muhammadiyeva — (1976-yilda tug‘ilgan) 2015-yilda Jinoyat kodeksining 159-moddasi (O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish) 3-qismi, 244-1-moddasi (jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish) 3-qismi, 223-modda (qonunga xilof ravishda chet elga chiqish yoki O‘zbekiston Respublikasiga kirish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Foto: Samarqand viloyati IIB axborot xizmati

Shahzod Abduvaliyev — (1994-yilda tug‘ilgan) 2015-yilda Jinoyat kodeksining 244-2-moddasi (diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish) 1-qismi, 223-modda (qonunga xilof ravishda chet elga chiqish yoki O‘zbekiston Respublikasiga kirish) 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Foto: Samarqand viloyati IIB axborot xizmati

Ilyos Turonov — (1993-yilda tug‘ilgan) 2020-yilda Jinoyat kodeksining 244-2-moddasi (diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Foto: Samarqand viloyati IIB axborot xizmati

Umidjon Qilichyev — (1994-yilda tug‘ilgan) 2017-yilda Jinoyat kodeksining 244-2-moddasi (diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish) 1-qismi, 223-modda (qonunga xilof ravishda chet elga chiqish yoki O‘zbekiston Respublikasiga kirish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Foto: Samarqand viloyati IIB axborot xizmati

Fuqat Abduvaliyev — (1995-yilda tug‘ilgan) 2015-yilda Jinoyat kodeksining 244-2-moddasi (diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish) 1-qismi, 223-modda (qonunga xilof ravishda chet elga chiqish yoki O‘zbekiston Respublikasiga kirish) 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Foto: Samarqand viloyati IIB axborot xizmati

Feruzaxon Qudratova — (1989-yilda tug‘ilgan) 2020-yilda Jinoyat kodeksining 244-2-moddasi (diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Foto: Samarqand viloyati IIB axborot xizmati

Hayot Muhammadqulov — (2002-yilda tug‘ilgan) 2017-yilda Jinoyat kodeksining 223-modda (qonunga xilof ravishda chet elga chiqish yoki O‘zbekiston Respublikasiga kirish) 2-qismi, 155-2-modda (terrorchilik faoliyatini amalga oshirish maqsadida o‘quvdan o‘tish, chiqish yoki harakatlanish) 1-qismi, 244-2-modda (diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan

Foto: Samarqand viloyati IIB axborot xizmati
Mazkur shaxslar haqida biror ma’lumotga ega bo‘lgan fuqarolardan hududiy ichki ishlar organlariga yoki 102 qisqa raqami orqali xabar berishlari so‘raladi.

Mavzuga doir: IIV Sodiq Samarqandiy, Abdulloh Zufar va yana sakkiz kishiga nisbatan qidiruv e’lon qildi

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar