Daryo

Bodringdan tayyorlanadigan ikki xil mazali salat retsepti

Ushbu salatlar eng sevimli yeguliklaringiz ro‘yxatidan o‘rin olishi aniq

1 daqiqa o‘qish34 234 ko‘rishlar0 izoh0

Vitaminlarga boy va to‘yimli salatlar dasturxoningizni bezash bilan birga, eng sevimli yeguliklaringiz ro‘yxatidan o‘rin olishi aniq.

Barra bodring va tuxum qo‘shib tayyorlanadigan salat

Foto: “Domashniy ochag”
Kerakli mahsulotlar:
  • bodring — 500 g;
  • piyoz — 1 dona;
  • o‘simlik yog‘i — 1 osh qoshiq;
  • qovoq pistasi — 20 g;
  • kungaboqar pistasi — 20 g;
  • smetana — 100 g;
  • sarimsoq piyoz;
  • shivit;
  • tuz, murch.
Tayyorlanish jarayoni:
  • Qaynatilgan tuxumlarni kichik bo‘laklarga bo‘ling.
  • Bodringni somoncha shaklda to‘g‘rang.
  • Sarimsoq piyoz va piyozni maydalang.
  • Tovadagi qizigan yog‘ga bodring, sarimsoq, piyoz soling.
  • Tuz va murch sepib, 6-7 daqiqa qopqog‘ini yopib pishiring.
  • Maydalangan shivitni smetana va tuzga qo‘shib aralashtiring, murch qo‘shing.
  • Mahsulotlarga smetana qo‘shib aralashtiring. Qovoq yoki kungaboqar pistasi bilan bezang.
Qisqichbaqa (krab) tayoqchalari qo‘shib tayyorlanadigan salat
Foto: “Domashniy ochag”

Kechki ovqat uchun ayni muddao.

Kerakli mahsulotlar:
  • qisqichbaqa tayoqchalari — 200 g;
  • bodring — 1-2 dona;
  • pishloq — 150 g;
  • tuxum — 3 dona;
  • piyoz — 1 dona;
  • mayonez.
Tayyorlanish jarayoni:
  • Mayda to‘rtburchak shaklda to‘g‘ralgan piyozni stakan ichiga solib, ustidan mayonez soling.
  • Ustidan qirg‘ichdan chiqarilgan bodring soling.
  • Qisqichbaqa tayoqchalari yoki go‘shtni qirg‘ichdan chiqarib, stakandagi mahsulotlarga qo‘shing.
  • Ustidan yana biroz mayonez surting.
  • Qirg‘ichdan chiqarilgan tuxum solgandan keyin ham mayonez surtishni unutmang.
  • Eng ustini qirg‘ichdan chiqarilgan pishloq bilan qoplang.
  • Ko‘katlar bilan bezang.
Yoqimli ishtaha!
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar