Yangi kartoshka nafaqat tez pishishi bilan, balki vitaminlarga boyligi bilan ham taom tayyorlashda ahamiyatga ega. Quyida bahor mavsumida iste’mol qilish kerak bo‘lgan salat retseptlari bilan tanishing.

Lososli salat

Foto: “Domashniy ochag”

Kerakli mahsulotlar:

  • yangi kartoshka — 300 g;
  • tuxum — 4 ta;
  • loviya — 200 g;
  • rediska — 100 g;
  • quritilgan non bo‘laklari — 50 g;
  • dudlangan losos balig‘i — 250 g;
  • limon — 1 ta;
  • ko‘katlar.

Sous uchun: 

  • qizil chili sousi — 3 osh qoshiq;
  • o‘simlik yog‘i — 2 osh qoshiq;
  • ko‘k piyoz;
  • tuz, ziravorlar.

Tayyorlanish jarayoni: 

  1. Yangi kartoshkani archmasdan, yaxshilab yuvib, po‘stli holda loviya bilan bir idishda 6-10 daqiqa qaynating.
  2. Pishgan sabzavotlarni suvdan olib soviting. Kartoshka katta bo‘lsa, uni 3-4 bo‘lakka bo‘lib to‘g‘rang.
  3. Tuxumni ham qaynatib, 4 bo‘lakka bo‘lib oling.
  4. To‘g‘ralgan rediska va ko‘katlar solingan idishga dudlangan losos balig‘ini teri va qiltanoqlardan tozalab, soling.
  5. Barcha mahsulotlarni aralashtirib, qaynatilgan kartoshka va loviyani ham qo‘shing. Salatni tuxum va limon bo‘laklari bilan bezang.

Rediskali salat

Foto: “Domashniy ochag”

Kerakli mahsulotlar:

  • rediska — 1 bog‘lam;
  • kartoshka — 1-2 kg;
  • shivit — 1 bog‘lam.

Sous uchun:

  • zaytun yog‘i — 3 osh qoshiq;
  • limon sharbati — 1 osh qoshiq;
  • xantal — 1 osh qoshiq;
  • tuz, ziravorlar.

Tayyorlanish jarayoni: 

  1. Kartoshkani qaynatib, parrak qilib to‘g‘rang.
  2. Rediskani ham tozalab, aylana shaklida to‘g‘rang.
  3. Idishda zaytun yog‘i, limon sharbati, xantal, tuz va ziravorlarni aralashtirib oling. So‘ngra aralashmaga kartoshka va rediskani qo‘shing.

Pomidor qoqili salat

Foto: “Domashniy ochag”

Kerakli mahsulotlar:

  • yangi kartoshka — 6 ta;
  • pomidor qoqi — 200 g;
  • kovul (sirkalangan va ovqatga qo‘shib yeyiladigan kurtaklari) — 50 g;
  • qizil piyoz — 1 ta;
  • zaytun yog‘i — 3 osh qoshiq;
  • quyuq xushbo‘y sirka — 1 osh qoshiq;
  • shivit;
  • tuz, ziravorlar.

Tayyorlanish jarayoni: 

  1. Kartoshkani qaynatib, kub shaklida to‘g‘rang va o‘simlik yog‘ida qovurib oling.
  2. So‘ngra pomidor qoqi, kovul va piyozni qo‘shib, asta aralashtiring.
  3. Mahsulotlarga uksus qo‘shib, tuz va ziravorlar soling. Salatni shivit bilan bezab, dasturxonga issiq holda torting.

Baqlajonli salat

Foto: “Domashniy ochag”

Kerakli mahsulotlar:

  • mayda kartoshka — 12 ta;
  • baqlajon — 1 ta 
  • qovoqcha yoki sukini — 2 ta;
  • o‘simlik yog‘i;
  • tuz.

Tayyorlanish jarayoni: 

  1. Baqlajon va qovoqchani aylana shaklida to‘g‘rang va 15-20 daqiqaga tuzli suvga solib qo‘ying. Suvni to‘kib, quritib oling.
  2. Grill panjarasini o‘simlik yog‘i bilan yog‘lab, baqlajon va qovoqcha bo‘laklarini 10 daqiqa davomida ikki tomonini qizartirib, pechda pishiring.
  3. Kartoshkalarni ham tozalab, quriting. Ustiga o‘simlik yog‘i surtib, 15 daqiqa pech panjarasida pishirib oling.
  4. Mahsulotlarga tuz va o‘simlik yog‘i solib aralashtiring.

Marinadlangan bodringli salat

Foto: “Domashniy ochag”

Kerakli mahsulotlar:

  • kartoshka — 5 ta;
  • tuxum — 1 ta;
  • petrushka — 1 bog‘;
  • marinadlangan mayda bodring — 8 ta;
  • asal — 0,5 choy qoshiq;
  • sirka — 1 osh qoshiq;
  • xantal — 1 osh qoshiq;
  • zaytun yog‘i;
  • tuz, qizil qalampir.

Tayyorlanish jarayoni: 

  1. Idishga sirka, asal, qizil qalampir, tuz, xantalni solib, zaytun yog‘i qo‘shib aralashtiramiz.
  2. Qaynatilgan kartoshka va bodringni kub shaklida to‘g‘rab, idishga qo‘shamiz.
  3. Tuxumni ham qaynatib, petrushkani mayda to‘g‘rab, barcha mahsulotlarni aralashtiramiz.

Yoqimli ishtaha!