Daryo

Jizzaxda voyaga yetmagan bola YTH sodir etdi

Jabrlanganlar haqida ma’lumot berilmagan

1 daqiqa o‘qish42 696 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: YHXBB

Jizzax viloyatida 16 yoshli bola yo‘l-transport hodisasi sodir etdi, deya xabar bermoqda YHXBB matbuot xizmati.

Foto: YHXBB matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, 2021-yil 4-may kuni Jizzax shahar “O‘ratepa” mahallasi, Said Nasimov ko‘chasida 2005-yilda tug‘ilgan maktab o‘quvchisi o‘ziga tegishli bo‘lmagan Matiz avtomobilini haydab ketgan.

Haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan o‘quvchi avtomobil boshqaruvini yo‘qotishi natijasida YTH sodir etgan.

Jabrlanganlar haqida ma’lumot berilmagan.

YTH munosabati bilan Jizzaxdagi “Umid” ixtisoslashtirilgan maktab internatida mas’ullar bilan hodisa muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

Bundan avval Qoraqalpog‘istonda Nexia, Cobalt va Damas ishtirokida sodir bo‘lgan YTH oqibatida 6 kishi halok bo‘lgani, Jizzaxda Isuzu to‘xtab turgan “KamAZ”ga urilishi oqibatida haydovchilardan biri vafot etgani hamda buxorolik haydovchi svetoforning qizil chirog‘iga amal qilmay, maktab o‘quvchisi o‘limiga sabab bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar