Daryo

Bishkek O‘zbekistondan gazda harakatlanadigan kamida 350 avtobus sotib oladi

Avtobuslarning birinchi partiyasi 2021-yilning 1-iyuliga qadar yetkaziladi

1 daqiqa o‘qish29 406 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Bisyor.uz”

Bishkek O‘zbekistondan gaz-motor yonilg‘isida ishlaydigan kamida 350 ta avtobus sotib oladi. Qirg‘iziston poytaxti hokimligining ma’lum qilishicha, Bishkek va “Eko yo‘lovchi tashish” kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolangan.

Foto: “Bisyor.uz”

Unga ko‘ra, “Eko yo‘lovchi tashish” kompaniyasi 2021-yil davomida Bishkekka O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan yapon markasidagi Isuzu avtobuslarini yetkazib berishi kerak. Gaz-motor yonilg‘isida ishlaydigan avtobuslarning birinchi partiyasi 2021-yilning 1-iyuliga qadar yetkaziladi.

Ma’lum qilinishicha, Bishkek 2022—2023-yillar davomida gaz-motor dvigatelida harakatlanadigan avtobuslar sonini mingtaga yetkazishni rejalashtirmoqda. Bular orasidan imkoniyati cheklangan yo‘lovchilarga moslashtirilgan 9, 10, 12 metrli avtobuslar ham o‘rin oladi.

Ma’lumot uchun, 1999-yilda tashkil topgan SamAvto zavodi metalni bichishdan boshlab, to tayyor mahsulotni sinashgacha bo‘lgan butun siklga ega bo‘lgan yirik mahalliy korxonalardan biri hisoblanadi. Ishlab chiqarish majmuasi Germaniya, Italiya va Yaponiyadan keltirilgan dastgohlar bilan jihozlangan.

Mavzuga doir: O‘zbekiston va Qirg‘iziston ikki tomonlama tovar aylanmasi hajmini 1 mlrd dollarga yetkazmoqchi

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar