Daryo

75 foiz kasallikning oldini olishga yordam beradigan 3 tavsiya

Deyarli barcha kasalliklarning oldini olish mumkinligi haqida bilasizmi?

3 daqiqa o‘qish51 064 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Getty Images

Hamma kasallikka chalinib, davolangandan ko‘ra, uning oldini olish yaxshiroq ekanini biladi. Ammo deyarli barcha kasalliklarning oldini olish mumkinligi haqida bilasizmi?

Jismoniy mashqlar

Jismoniy mashqlar turli kasalliklarning oldini olish va organizmni mustahkamlash uchun bebaho vosita. Jismoniy mashqlar (yoga, yurish, gimnastika, velosipedda sayr qilish, suzish va boshqa har qanday mashg‘ulot) endogen opiat moddasining tarqalishiga yordam berishi isbotlangan. Ular kuchli yallig‘lanishga qarshi samarasi, tinchlantiruvchi va uyg‘unlashtiruvchi ta’siri va organlar faoliyatini umumiy tartibga solish funksiyasi bilan mashhur.

Foto: Getty Images

Jismoniy mashqlar qon bosimini pasaytirishga yordam beradi, yurak faoliyatini normallashtiradi, moslashuvchanlikni rivojlantiradi, mushak va suyaklarni mustahkamlashga yordam beradigan gormonlar ishlab chiqaradi, shuningdek, insulin ishlab chiqarishni faollashtiradi. Bu esa diabet rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi, kortizol miqdorini kamaytiradi.

To‘g‘ri nafas olish

Nafas olish tananing asosiy vazifalaridan biridir. Nafas olish tizimi kasalliklarining oldini olish uchun, shuningdek, barcha ichki organlarning muvozanatini, va umuman, hayotiy kuchini saqlash uchun nafas olish mashqlarining ahamiyati katta. Ularning foydali ta’siri an’anaviy tibbiyot tomonidan bir necha ming yillar davomida kuzatilgan.

Foto: Getty Images

Oddiy nafas olganda o‘pka hajmining 2/3 qismigacha kislorod bilan to‘ldiriladi. O‘pka havo bilan to‘liq ta’minlanishi uchun ko‘krak qafasini emas, balki nafas olish paytida diafragma va qorin mushaklarini kengaytirish kerak (professional qo‘shiqchilar shunday nafas oladi). Bunday holda kislorod o‘pkaga chuqurroq kirib boradi va organlar faoliyati normallashadi.

To‘g‘ri ovqatlanish

To‘g‘ri ovqatlanish — bu davolanish va deyarli barcha kasalliklarning oldini olishning eng muhim usullaridan biridir. Bundan tashqari, ovqatlanish yordamida har bir inson sog‘lig‘iga, va birinchi navbatda, oshqozon-ichak trakti holatiga ta’sir qilishi mumkin. Gastrointestinal kasalliklarning oldini olish to‘g‘ridan to‘g‘ri ovqatlanish bilan bog‘liq. Sog‘lom ovqatlanishga odatlanish va vazningizni kuzatib borish unchalik qiyin emas. Buning uchun qovurilgan ovqatlardan saqlaning. Masalan, go‘shtni yuqori haroratda qovurish jarayonida zararli moddalar ajralib chiqadi, ular saraton kasalligining rivojlanish xavfini oshiradi.

Foto: Getty Images
Kundalik ratsioningizga turli xil kasalliklarning oldini olishga va sog‘lig‘ingizni yaxshilashga yordam beradigan oziq-ovqat mahsulotlarini kiriting:
  • Ko‘k choy tarkibida yurak kasalliklari va saratonning ayrim turlaridan himoya qiluvchi kuchli antioksidantlar mavjud.
  • Barcha yong‘oq turlari foydalidir. 14 yoshdan oshgan 83 000 dan ziyod ayolda olib borilgan tadqiqotda Garvard olimlari haftada 30 gramm yong‘oq yeganlarda 2-toifa diabet rivojlanish xavfi kamdan kam yong‘oq iste’mol qiladigan ayollarga nisbatan 20 foizga kamayadi degan xulosaga kelishdi.
  • Soya qon bosimini, qondagi xolesterin miqdorini pasaytiradi va tromb xavfini kamaytiradi. Shuningdek, u tuxumdon, prostata va ko‘krak bezi saratoniga qarshi kurashishda yordam beradi va menopauza paytida qizib ketishni yengillashtiradi.
  • Boshoqli donlar. Kuniga bir marta don mahsulotlarini iste’mol qilish nafaqat yurak xuruji, balki ko‘plab yoshga doir kasalliklar rivojlanish xavfini kamaytiradi.
  • Yog‘li baliq go‘shti artrit, diabet va aqli zaiflikning oldini oladi. Tarkibidagi omega-3 yog‘ kislotasi yurak va tomirlarni sog‘lom saqlashga yordam beradi.
Foto: Getty Images
Foydali ziravorlar
  • Sarimsoq — yurak-qon tomir kasalliklari va saratonning oldini oladigan foydali antibakterial mahsulot.
  • Zanjabil — gastrointestinal muammolarga va artritni yengillashtiradigan kuchli yallig‘lanishga qarshi vosita.
  • Zira — hazm qilish jarayonini normallashtiradi va saraton kasalligining oldini olish choralari sifatida ham qo‘llaniladi.
  • Chili  tarkibida qon lipidlarini pasaytiradigan va tromb xavfni kamaytiradigan kapsaitsin moddasi mavjud.
  • Kurkuma — uzoq vaqt davomida xitoy va hind tibbiyotida revmatoid artrit yallig‘lanishiga qarshi vosita sifatida ishlatilgan va ba’zi saraton kasalliklari xavfini kamaytirishi isbotlangan.
  • Kashnich — xolesterin va qondagi qand miqdorini pasaytiradi, yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega.
O‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, immun tizimining erta qarishiga olib keladigan ovqat hazm qilish muammolarining aksariyati stress tufayli yuzaga keladi. Ozroq stress hech kimga zarar qilmaydi, ammo agar u doimiy holatga aylansa, bu nafaqat psixikaga, balki butun tanaga ham zararlidir. Mavzuga doir: 

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida tug‘ilganman. Hozirda Alisher Navoiy nomidagi davlat Adabiyot muzeyida tayanch doktorantura (PhD)da o‘qiyman. “Daryo”da 2018-yildan beri musahhih va muxbir lavozimida ishlayman. Sevib o‘qiydigan kitoblarim juda ham ko‘p: Nodar Dumbadze “Abadiyat qonuni”, Harper Li “Mazaxchining o‘ldirilishi”, Gabriel Garsia Markes “Yolg‘izlikning yuz yili”, Chingiz Aytmatov “Kassandra tamg‘asi”, Mixail Bulgakov “Usta va Margarita”, O‘tkir Hoshimov “Ikki eshik orasi”, Ulug‘bek Hamdam “Sabo va Samandar”... Sevimli filmlarim ham turli janrda: DiKaprio ishtirokidagi “Ibtido” va “La’natlanganlar oroli”, “Shoushenkdan qochish”, “Yo‘-yo‘l pijamali bolakay”, “Ameli”, “Qotillikni xotirlab”. Bundan tashqari, Hayao Miyazakining animelari jon-u dilim.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar