Daryo

Toshkentda YPX inspektori haydovchiga o‘rta barmog‘ini ko‘rsatdi (video)

Hozirda xodimning xatti-harakati bo‘yicha xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda

1 daqiqa o‘qish131 928 ko‘rishlar0 izoh0
Kadr: Telegram

Toshkent shahar IIBB YHXB internetda “YPX xodimi haydovchiga haqoratli ishora ko‘rsatdi” sarlavhasi ostida tarqalgan videoga izoh berdi.

Kadr: Telegram

Aniqlanishicha, mazkur holat 2020-yilning aprel oyida Yunusobod tumani Ahmad Donish ko‘chasida sodir bo‘lgan. Dehqon bozori oldida Spark haydovchisi yo‘l qatnov qismining ikkinchi qatorida to‘xtab turgani uchun YPX xodimi Y.Abdullayev tomonidan bir necha bor ogohlantirilgan.

Haydovchi shunga qaramay, qoidabuzarlikni davom etgani sabab YPX xodimi planshet yordamida avtomashinani suratga olgan. Shundan so‘ng haydovchi holatga e’tiroz bildirib, videoga olishni boshlagan.

Hozirda xodimning xatti-harakati bo‘yicha Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.

Avvalroq Jizzaxda qoidani buzgan haydovchini so‘kkan YPX xodimiga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlangani, Toshkentda YPX inspektorini haqorat qilgan Matiz haydovchisiga chora ko‘rilgani, Toshkent viloyatida “GAIning duxini sindirmoqchi” bo‘lgan haydovchi 15 sutkaga qamalgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: “Ilohim, farzanding ‘GAI’ bo‘lsin, menga o‘xshab ko‘chada tursin”. Sirdaryoda haydovchi bilan muloqotda Vazirlar Mahkamasi nizomini buzgan YPX xodimi jazolandi

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar