Daryo

Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov may—iyun oylarida Bryusselga borishi kutilmoqda

23—27-may kunlari Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Piter Burianning O‘zbekistonga keladi

1 daqiqa o‘qish32 900 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

23—27-may kunlari Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Piter Burianning O‘zbekistonga tashrifi, may—iyunda esa Toshkent va Bryussel o‘rtasida boshqa aloqalar o‘rnatilishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining matbuot kotibi Yusuf Qobuljonovga tayanib, “Gazeta.uz” xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Bundan tashqari, O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning O‘zbekiston—Yevropa Ittifoqi hamkorlik kengashidagi ishtiroki uchun Bryusselga tashrifini va Yevropa komissiyasi, Yevropa tashqi aloqalar xizmati hamda Belgiya TIV rahbariyati bilan uchrashuvlarini tashkillashtirish ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, tomonlar siyosat va xavfsizlik masalalari bo‘yicha yuqori darajadagi “Yevropa Ittifoqi—Markaziy Osiyo” yig‘ilishni o‘tkazish bo‘yicha muzokaralarni olib bormoqda. O‘zaro bog‘liqlik va barqaror rivojlanish bo‘yicha Yevropa Ittifoqi—Markaziy Osiyo birinchi vazirlar uchrashuviga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda.

O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim bo‘yicha muzokaralarni jadallashtirishi to‘g‘risida 2020-yilning yanvarida ma’lum qilingandi. Avvalroq Piter Burian Yevropa Ittifoqi O‘zbekiston bilan yangi kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risida ikki tomonlama bitimga tayyorgarlik ishlari yakunlanayotganini ma’lum qilgandi. Bitim 1999-yildan beri hamkorlik va sheriklik borasida amalda bo‘lgan kelishuv o‘rnini egallaydi.

Mavzuga doir: Abdulaziz Komilov AQSh davlat kotibi bilan telefon orqali suhbatlashib, uni Toshkentga taklif qildi

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar