Daryo

O‘zbekistonda xususiy sektorga haydovchilik guvohnomalarini olish uchun imtihonlarni o‘tkazish huquqi berildi

Ilgari bu tartib IIV Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan amalga oshirilib kelinayotgan edi

1 daqiqa o‘qish36 312 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

“Avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomalarini olish uchun imtihonlarni o‘tkazish sohasiga xususiy sektorni jalb etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi, deb xabar beradi Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qarorga ko‘ra, 2021-yil 1-iyundan avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyati uchun litsenziyaga ega tadbirkorlarga barcha toifadagi avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni o‘tkazish huquqi berildi.

Ilgari bu tartib Ichki ishlar vazirligi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan amalga oshirilib kelinayotgan edi.

Ta’kidlanishicha, ushbu tartib trolleybus va tramvay transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun tatbiq etilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidentining 2020-yil dekabrdagi qarorida xususiy sektorga imtihonlarni tashkil etish huquqi 1-apreldan berilishi qayd etilgan edi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar