Daryo

Tokio Olimpiadasiga yo‘llanma olgan o‘zbekistonlik bokschi va qilichbozlarga 100 mln so‘mdan mukofot pullari topshirildi

Aprel oyida o‘zbekistonlik 4 nafar bokschi va 3 nafar qilichboz Olimpiya o‘yinlari litsenziyasiga ega chiqdi

1 daqiqa o‘qish36 706 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Boks federatsiyasi

Tokio—2020 Olimpiadasiga yo‘llanma olgan bir qator bokschi va qilichbozlar pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Foto: Boks federatsiyasi

Aprel oyida o‘zbekistonlik to‘rt nafar bokschi va uch nafar qilichboz Olimpiya o‘yinlari litsenziyasiga ega chiqdi. Sportchilar 100 million so‘m, ularning murabbiylari esa 50 million so‘mdan pul mukofotiga ega bo‘ldi.

Mukofotlangan bokschilar va ularning murabbiylari bilan tanishing:
  • Dilshod Ro‘zmetov 100 million so‘m, uning murabbiyi Farruh Qilichev 50 million so‘m;
  • Fanat Qahramonov 100 million so‘m, uning murabbiyi Bahodir Hasanov 50 million so‘m;
  • Rayhon Qodirova 100 million so‘m, uning murabbiyi Kamoliddin Mutalov 50 million so‘m;
  • Shahnoza Yunusova 100 million so‘m, uning murabbiyi Islom Tojiboyev 50 million so‘mю
Qilichbozlik bo‘yicha:
  • Malika Hakimova 100 million so‘m, uning murabbiyi Ruslan Kudayev 50 million so‘m;
  • Zaynab Dayibekova 100 million so‘m, uning murabbiyi Vladimir Nazlimov 50 million so‘m;
  • Sherzod Mamutov 100 million so‘m, uning murabbiyi Vladimir Nazlimov 50 million so‘m.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.