Daryo

Nemis tilida pandemiya bilan bog‘liq 1200 dan ortiq yangi so‘z paydo bo‘ldi

“Ikkinchi jahon urushi davridan buyon koronavirus pandemiyasi kabi leksikani shunchalik keskin va tez o‘zgartira olgan hodisani eslay olmayman”, — dedi Berlin Mustaqil universiteti professori

1 daqiqa o‘qish16 960 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Unsplash

Germaniyada koronavirus pandemiyasi davrida 1200 dan ortiq yangi so‘z paydo bo‘ldi, deb yozmoqda New York Post.

Foto: Unsplash

“Ikkinchi jahon urushi davridan buyon koronavirus pandemiyasi kabi leksikani shunchalik keskin va tez o‘zgartira olgan hodisani eslay olmayman”, — dedi Berlin Mustaqil universitetining lingvistika professori Anatol Stefanovich.

Mangeymdagi Nemis tili instituti (IDS) yangi so‘zlar ro‘yxatini taqdim etdi.

Pandemiya davrida paydo bo‘lgan so‘zlarning bir nechtasi:
  • Coronamüde — koronavirusdan ozib-to‘zish;
  • Impfneid — emlanganlarga hasad qilish;
  • Coronafrisur — karantin soch turmagi;
  • Abstandsbier — masofaviy pivo;
  • Balkonsänger — balkondagi qo‘shiqchi;
  • Todesküsschen — o‘limoldi o‘pich sifatida qabul qilinadigan yonoqdan do‘stona o‘pish;
  • Alltagsmaske — har kuni niqob taqish;
  • Maskentrottel — burunni ochiq qoldirib, niqob taqish;
  • Coronadiktatur — koronavirus diktaturasi;
  • Hamsterkauf — vahima holatida oziq-ovqat sotib olish va g‘amlab qo‘yish;
  • Impfzwang — majburiy vaksinatsiya;
“Dunyoda yangi hodisalar sodir bo‘lganida, biz ularga nom izlaymiz. Belgilarsiz hodisalar odamlarda qo‘rquv va ishonchsizlikni keltirib chiqarishi mumkin. Lekin bizda yuz berayotgan hodisalar haqida gaplashish va ularni nomlash imkoniyati bo‘lsa, biz uni boshqalar bilan muhokama qilishimiz mumkin. Bu inqiroz davrida juda muhim”, — dedi Nemis tili institutida faoliyat yurituvchi doktor Kristin Mers.

“Til katta kuchga ega. Aniq qilib ifodalash, so‘zlarni tanlashda juda ehtiyot bo‘lish qanchalik muhim ekaniga qayta-qayta guvoh bo‘lib turibmiz. So‘zlar nafaqat mazmunni, balki hayajon va hissiyotlarni ham yetkazishi mumkin”, — deb qo‘shimcha qildi Mers.

Ma’lumot uchun, Germaniya kansleri Angela Merkel mamlakatda karantin 18-aprelgacha uzaytirilganini ma’lum qilgan edi.

Shuningdek, u mamlakatning vaksinatsiya jarayoni muvaffaqiyatli kechayotganini va “tunnel oxiridagi yorug‘lik”ka yaqinlashayotganini ta’kidlagan edi. Mavziga doir:
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar