Daryo

Namanganda yuk mashina bosib ketishi oqibatida 2 yoshli bola vafot etdi

Mashina orqaga harakatlanayotgan vaqtda uyning orqa tomonida bo‘lgan uy egasining 2 yoshli o‘g‘lini bosib yuborgan

1 daqiqa o‘qish40 648 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo”

Namangan viloyatida 2 yoshli bola avtomashina tagida qolib ketishi oqibatida vafot etdi, deya xabar bermoqda viloyat IIB matbuot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, 25-aprel kuni soat 12:45 larda Namangan shahrida yashovchi 1978-yilda tug‘ilgan fuqaro Kia Bongo III rusumli avtomashinasini Yangiqo‘rg‘on tumanida yakka tartibdagi xususiy tadbirkor bo‘lib ishlovchi, 1988-yilda tug‘ilgan fuqaroning yashash xonadoniga haydab kelgan.

Haydovchi avtomashina yukxonasida bo‘lgan muzqaymoqlarni tushirib, qaytib ketish maqsadida transport vositasini orqa tomonga harakatlantirgan vaqtida uyning orqa tomonida bo‘lgan uy egasining 2 yoshli o‘g‘lini bosib yuborgan.

Natijada bola voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman IIB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga sabab bo‘lgan transport boshqarish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Bundan avval Namanganda “Jiguli” urib ketishi oqibatida 6 yoshli bola, “Jiguli” urib ketishi oqibatida 3 yoshli bola, Damas urib yuborishi oqibatida 8 yoshli bola hamda Nexia urib yuborishi oqibatida 5 yoshli qizcha vafot etgani haqida xabar berilgandi.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar