Daryo

Namanganda “Jiguli” 6 yoshli bolani urib ketdi. Bola shifoxonada vafot etdi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan

1 daqiqa o‘qish25 328 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo”

Namanganda 6 yoshli bola “Jiguli” (“VAZ-2106”) urib yuborishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Voqea 25-aprel kuni soat 15:30 larda shaharning “Olvalizor” MFY Marg‘ilon ko‘chasida yuz bergan. “Jiguli”ni boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, to‘satdan yo‘lga yugurib chiqqan 2015-yilda tug‘ilgan bolani urib yuborgan.

Oqibatda 6 yoshli bola olgan tan jarohati oqibatida shifoxonada vafot etgan.

Holat yuzasidan Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odamlar o‘limiga sabab bo‘lishi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Avvalroq Namanganda “Jiguli” urib ketishi oqibatida 3 yoshli bola, Damas urib yuborishi oqibatida 8 yoshli bola, Nexia urib yuborishi oqibatida 5 yoshli qizcha shifoxonada vafot etgani haqida xabar berilgan edi. Shuningdek, Namanganda velosipedchini urib, voqea joyidan ketib qolgan Kia haydovchisi ushlangani ma’lum qilingandi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar