Daryo

COVID-kasalxonadagi yong‘indan keyin Iroq sog‘liqni saqlash vaziri va Bag‘dod gubernatori ishdan bo‘shatildi

Bosh vazirning fikricha, kasalxonadagi dahshatli yong‘inga mas’uliyatsizlik sabab bo‘lgan

1 daqiqa o‘qish16 516 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: EPA

Iroq bosh vaziri Mustafo al-Kozimiy Bag‘dod gubernatori Jabir al-Ata va mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Hasan at-Tamimiyni lavozimlaridan ozod etdi, deb yozadi “Kommersant”. Bunga koronavirus bilan kasallanganlar davolanayotgan shifoxonada yuz berib, 88 kishining o‘limiga olib kelgan yong‘in sabab bo‘ldi.

Foto: EPA

Al-Kozimiyning fikricha, “kasalxonadagi dahshatli yong‘inga mas’uliyatsizlik va xo‘jasizlik asosiy sabablar bo‘lgan”. Ishdan bo‘shatilganlarga nisbatan tergov olib borilmoqda. Kasalxona bosh shifokori, xavfsizlik xizmati boshlig‘i va binoning texnik ta’minoti uchun mas’ul shaxslar qo‘lga olingan.

Eslatib o‘tamiz, yong‘in 24-aprel, shanba kuni kechqurun sodir bo‘lgandi. Kasalxonada yong‘indan himoya tizimi bo‘lmagan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in boshlanishiga kislorod ballonining portlashi sabab bo‘lgan. So‘nggi ma’lumotlar bo‘yicha 88 kishi halok bo‘ldi, 100 dan ortig‘i jarohat oldi. Qurbonlarning kamida 28 nafari sun’iy nafas oldirish apparatlariga ulangan bemorlar bo‘lgan.

Ba’zi bemorlar yong‘indan qochish uchun derazalardan sakragan. Ikki qavatli bino deyarli to‘liq yonib bitgan.

Yong‘indan keyin ba’zi siyosatchilar, jamoat arboblari va parlament a’zolari Iroq sog‘liqni saqlash vaziri Hasan al-Tamimiyning iste’fosini talab qildi.

Iroqda uch kunlik motam e’lon qilindi. Mavzuga doir: 
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar