Pokiston janubi-g‘arbiy qismida joylashgan Belujiston viloyati Kvetta shahridagi Serena mehmonxonasining avtoturargohida portlash sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida kamida to‘rt kishi halok bo‘lgan, 12 kishi jarohatlangan, deb yozadi Reuters.

Ma’lum bo‘lishicha, portlash voqea joyidan bir necha kilometr radiusdagi mahalliy aholiga ham eshitilgan. Portlash sodir bo‘lgan joyga favqulodda vaziyat xodimlari kelib, jabrlanganlarni kasalxonalarga yetkazishgan.
Taxminlarga ko‘ra, terakt tashkilotchilari xizmat safari chog‘ida ushbu mehmonxonaga joylashgan Xitoy elchisini o‘ldirmoqchi bo‘lgan. Pokiston ichki ishlar vaziri Shayx Rashid Ahmadning so‘zlariga ko‘ra, o‘sha paytda Xitoy elchisi Nong Rong tadbirdaligi sababli portlash paytida mehmonxonada bo‘lmagan. Hodisa diplomat mehmonxonaga qaytishidan bir necha daqiqa oldin yuz bergan.
https://twitter.com/TheInsiderPaper/status/1384961764463456257?ref_src=twsrc%5Etfw%7Ctwcamp%5Etweetembed%7Ctwterm%5E1384961764463456257%7Ctwgr%5E%7Ctwcon%5Es1_c10&ref_url=https%3A%2F%2Ftengrinews.kz%2Fasia%2Fterroristyi-pyitalis-vzorvat-posla-kitaya-v-pakistane-435333%2F
Belujiston ichki ishlar vaziri Ziyaulla Langoning jurnalistlarga aytishicha, Nong “ko‘tarinki kayfiyatda” va uning Kvettaga tashrifi 22-aprel kuni yakunlanadi. Voqea joyidan olingan kadrlarda alanga ostida qolgan bir necha mashina va voqea joyiga shoshilayotgan tez yordam mashinalarini ko‘rish mumkin. Hodisa joyiga xavfsizlik kuchlari va sapyorlarning kuchaytirilgan otryadlari kelib, atrofni o‘rab olgan.
- Ekvatorial Gvineyadagi bazada yuz bergan portlashlar oqibatida 20 kishi halok bo‘lib, 400 dan ziyod odam jarohatlandi (video)
- Eron yadro zavodida yuz bergan portlash terakt deb baholandi. Uni Isroil tashkillashtirgani xabar berilmoqda
- Afg‘onistonda harbiy vertolyot halokatga uchradi va hukumat ishchilari o‘tirgan avtobus portladi








