Ma’lumki, qaynatilgan tuxumning o‘zi ham vitaminlarga boy hamda sevib iste’mol qilinadi. Shuningdek, ular yordamida bir-biridan mazali salat va taomlar ham tayyorlash mumkin.

Marokash taomi retsepti
Ushbu sharqona lazzatli taom, albatta, har bir bekajon uchun yangilik bo‘lishi tabiiy. Aynan iftorlik dasturxonlari uchun ham ayni muddao.

- tuxum – 12 dona;
- mayonez – 1/2 stakan;
- xarissa pastasi – 2 osh qoshiq;
- zaytun yog‘i – 1 osh qoshiq;
- qalampir kukuni – 1/2 choy qoshiq;
- ko‘kat, tuz va ziravorlar.
- Qaynatib olingan tuxumlar ikki bo‘linadi va ichidan sarig‘i olinadi.
- Mayonez, xarissa, zaytun moyi, qalampir kukuni va ta’bga ko‘ra tuz sepib, aralashtiriladi.
- Tuxum bo‘shliqlari nachinka bilan to‘ldiriladi.
- Yuzasi mayda to‘g‘ralgan ko‘katlar bilan bezatiladi.
Yasmiq qo‘shib tayyorlanadigan mazkur salat oqsilga boy bo‘lib, bahor faslida organizmga kerakli bo‘lgan vitaminlarni o‘zida jamlagan.

- yashil loviya – 200 gramm;
- qaynatilgan yasmiq – 2 stakan;
- tuxum – 4-5 dona;
- zaytun – 100 gramm;
- rediska – 150 gramm;
- piyoz – 1/2 dona;
- xantal – 1 osh qoshiq;
- zaytun moyi – 5 osh qoshiq;
- tuz va ko‘katlar.
- Qaynatilgan tuxum katta bo‘laklarga bo‘linadi.
- Yashil loviya tuzli suvda yaxshilab yuviladi.
- Yasmiq, tuxum, loviya, parrak qilib to‘g‘ralgan rediska va boshqa barcha mahsulotlar idishga solinadi va zaytun moyi quyilib, yaxshilab aralashtiriladi.
- Ustiga ko‘katlar bilan bezak beriladi.
Ixtiyoriy ravishda salat uchun kerakli masalliqlar tarkibini o‘zgartirish mumkin. Masalan, rediska o‘rniga bulg‘ori qalampiri, guruch o‘rniga kartoshka qo‘shing.

- guruch – 200 gramm;
- krab tayoqchalari – 200 gramm;
- rediska – 2 dona;
- mayonez – 50 gramm;
- bodring – 1 dona;
- tuxum – 2 dona;
- limon sharbati, ko‘kat, tuz va ziravorlar.
- Guruch va tuxum qaynatib olinadi.
- Sabzavotlar va tuxum yirik to‘rtburchak shaklida to‘g‘raladi.
- Barcha masalliqlar aralashtirilib, tuz, limon sharbati va mayonez solinadi.








